

Pley-off masalasini "Sevilya", "Bazel" va "Seltik" klublari o'zlari uchun kafolatlab qo'ydilar.
"Sevilya" "Dyudelanj" (5:2) klubi ustidan g'alaba qozondi va hisobidagi ochkolar sonini 12 taga etkazib oldi. Shu tariqa andalusiyaliklar keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin ijobiy hal etishdi.
"Bazel" esa 10 ochko to'plagani holda "Krasnolar" va "Xetafe" klublaridan 4 ochko ilgarilab ketdi.
"Seltik" klubi Rimda qahramonlik ko'rsatib "Lacio"ni qiyin ahvolga solib qo'ygani holda o'z maqsadiga erishdi. Shotlandiya klubi 3-o'rindagi "Lacio"dan 7 ochko ilgarilab ketdi.



