Yevropa Ligasi. "Aston Villa" finalda "Frayburg"ni mag'lub etib, chempion bo'ldi

21 may 2026, 01:50
Unai Emeri beshinchi bor mazkur turnir g'olibiga aylandi.

“Frayburg” - “Aston Villa” 0:3

Gollar: 41 - Yuri Tilemans, 45+3 - Emiliano Buendiya, 58 - Morgan Rojers

“Frayburg”: 1. Noa Atubolu, 17. Lukas Kyubler (33. Jordi Makengo, 73’), 28. Mattias Ginter, 3. Filipp Linxart (37. Maksimilian Rozenfelder, 61’), 29. Filipp Troy, 8. Maksimilian Eggeshtayn, 44. Yoxan Manzambi, 19. Yan-Niklas Beste (30. Kristian Gyunter, 86’), 32. Vinchenco Grifo (7. Derri Sherxant, 73’), 27. Nikolas Xefler (9. Lukas Xyoler, 61’), 31. Igor Matanovich.

Zaxira: 21. Florian Myuller, 24. Yannik Xut, 5. Antoni Yung, 43. Bruno Ogbus, 6. Patrik Osterxage, 22. Siryak Ire, 26. Maksimilian Filipp.

“Aston Villa”: 23. Emiliano Martines, 2. Metti Kesh, 4. Ezri Konsa, 14. Pau Torres (5. Tayron Mingz, 88’), 12. Lyuka Din, 3. Viktor Lindelyof (24. Amadu Onana, 66’), 8. Yuri Tilemans (21. Duglas Luis, 88’), 7. Jon Makginn, 27. Morgan Rojers, 10. Emiliano Buendiya (19. Jeydon Sancho, 81’), 11. Olli Uotkins.

Zaxira: 40. Marko Bizot, 64. Jeyms Rayt, 16. Andres Garsiya, 26. Lamar Bogard, 9. Xarvi Elliott, 18. Temmi Abraxam, 31. Leon Beyli.

Ogohlantirishlar: 5 - Filipp Troy, 15 - Emiliano Buendiya, 21 - Metti Kesh, 84 - Jon Makginn

🕘 90+1. O'yin yakunlandi, “ASTON VILLA” – CHEMPION!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

84. Yana hujum “Frayburg”dan. Makginnning bosh bilan berilgan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

81. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga uchrashuv “qizishi” aniq.

79. Makginning erlatib bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

75. Buendiya! Qanday qilib? Ajoyib kombinaci yakunida Emiliano darvozagacha 4 metr masofadan zarba berdi, Atubolu ushlab oldi!

73. Emiliano o'ziga berilgan zarbadan so'ngi ushlab oldi.

70. Keshning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

69. Uotkisn qulay vaziyatga chiqdi, biroq Ginterni aldab o'ta olmadi.

68. “Villa” futbolchisining zarbasidan so'ng to'pni Atublou ushlab oldi.

66. Uchrashuv tempi yuqori emas, angliyaliklar katta kuch bilan himoyada bo'lib turibdi.

🔄 61. “Frayburg” bir vaqtni o'zida ikki futbolchini almashtirdi.

61. Matanovichning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

59. Bir soat o'tdi va katta ehtimol bilan final taqdiri hal bo'ldi)

gettyimages-2277342454-2048x2048.jpg

⚽️ 58. GOL! Rojers hisobni yiriklashtirdi! Din to'pni Buendiyaga uzatdi, uning erlatib bergan zarbasini Rojers darvozaga kiritdi!

54. Uotkins havolatib uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

50. Buendiyaning zarbasi kuchsiz chiqdi.

48. Angliyaliklar hujumda faol, nemislardan esa faollik ko'rmayapmiz.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

📊 Birinchi bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 42% - 58%

Darvoza tomon zarbalar - 3 - 9

Aniq zarbalar - 1 - 3

Burchak zarbalar - 1 - 4

Uzatmalar aniqligi - 80% - 85%

Seyvlar - 1 - 1

🕘 45+4. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

gettyimages-2276719652-2048x2048.jpg

⚽️ 45+3. GOL! Buendiya hisobni ikkitaga oshirdi! Emilianoning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi aniq chiqdi va golga aylandi!

45+2. Konsaning zarbasi kuchsiz chiqdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Hisob ochildi, buyog'iga germaniyaliklar oldinga yurish qilishi aniq.

gettyimages-2276717042-2048x2048.jpg

⚽️ 41. GOL! Tilemans hisobni ochdi! Chap qanotdan uzatilgan zarbani Yuri to'xtatmasdan zarba berdi va aniq bo'ldi!

39. Manzambi chap qanotdan kirib borib markazroqqa uzatdi to'pni, biroq hech kim yo'q yakuniy zarba uchun.

37. “Aston Villa” oldinga yurish qildi, Makginn va Rojersning zarbalarini raqib himoyachilari “blok” qo'yib, darvozaga o'tkazishmadi.

34. Manzambining uzoqdan bergan zarbasidan so'ng to'pni Martines ushlab oldi.

30. Yarim soat o'tdi, biroq o'tgan daqiqalarda aytarli hujum ko'rmadik. Uchrashuv boshi anchagina qiziqroq edi.

🟨 21. Metti Kesh raqibga nisbatan juda qo'pol ishlatildi va ogohlantirildi.

19. Maydonda kurash kuchaymoqda.

17. Xeflerning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

🟨 15. O'n daqiqa o'tib, yana ogohlantirish, bu safar Emiliano Buendiyaga.

14. Temp boshidagiga qaraganda biroz pasaydi, maydon markazida kechyapti o'yin.

🟨 5. Bosh hakam hech kimni ayab o'tiradiganga o'xshamayapti: Troyga sariq kartochka ko'rsatildi.

3. Uotkinsning kuchli xarbasini Atublou qaytardi!

Bilasizmi, bugungi final bir necha jihat bilan ahamiyatli. Sanaymiz:

  • O'yin Istanbulda o'tmoqda. Nafaqat jamoalar muxilslari, balki turkiyalik muxlislar ham stadiondan faol qo'llab-quvvatlashadi;

  • Ikki jamoa tarkibida ham qator mashhur futbolchilar bor: masalan, “Frayburg”da Ginter, “Villa”da Emiliano Martines, Sancho, Abraxam;

  • Angliya klubi bosh murabbiyi Unai Emeri ushbu musobaqa “qiroli”. U jami to'rt marta - uch bor “Sevilya”, bir marobata “Vilyarreal” bilan mazkur turnirni yutgan.

2. Germaniyaliklar hujum bilan boshlad, dastlabki zarba Matanovichdan bo'ldi, biroq noaniq.

⚽️ 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni UEFA Yevropa Ligasining 2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia