YCHL. "Real Madrid" kambek qilib, AEKni mag'lub etdi

5 noya 2026, 00:40
Yevropa Chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

AEK – "Real Madrid" 2:3

Gollar: 11 - Abubakari Koyta, 32 - Jud Bellingem, 76 - Stavros Pilios, 78 - Kilian Mbappe, 90+2 - Federiko Valverde

AEK: 91. Alberto Brinoli, 2. Arol Mukudi, 44. Filipe Relvas, 3. Stavros Pilios, 12. Lazaros Rota, 14. Lovro Mayer (90. Zini, 53’), 11. Abubakari Koyta, 6. Kaan Kayrinen (19. Barnabash Varga, 60’), 8. Miyat Gachinovich (18. Rezvan Marin, 60’), 16. Kervin Arriaga, 9. Luka Yovich (10. Aleksandr Zubkov, 88’).

Zaxira: 1. Tomas Strakosha, 41. Marios Balamotis, 21. Domagoy Vida, 22. Xaralambos Likoyannis, 20. Petros Mantalos, 27. Milan Vitalish.

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 22. Antonio Ryudiger, 24. Denzel Dumfris, 3. Eder Militao, 17. Mark Kukurelya (21. Braim Dias, 82’), 6. Eduardu Kamavinga, 5. Jud Bellingem (19. Karlos Espi, 86’), 20. Bernardu Silva (9. Endrik, 67’), 7. Vinisius Junior (18. Alvaro Karreras, 82’), 25. Yan Diomande (8. Federiko Valverde, 67’), 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 4. Din Xyoysen, 12. Trent Aleksander-Arnold, 16. Ibraima Konate, 27. Tyago Pitarch, 38. Serxio Martines.

Ogohlantirishlar: 34 - Kervin Arriaga, 66 - Mark Kukurelya

90+5. O'yin yakunlandi!

90+3. Mana sizga yakun, mana sizga intriga!

gettyimages-2303525887-2048x2048.jpg

90+2. GOL! Fededan pushka! Kambek! Remontada! Supergol! Valverdening uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi golga aylandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Madrid hujumlar sonini oshirmoqda tobora.

86. Mbappening juda qulay vaziyatdan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi…

80. Dumfrisning zarbasini darvozabon qaytardi.

79. Yana AEK hujumda va jamoa g'alabaga intilmoqda.

79. Barchasi qaytadan boshlanadi yana!

gettyimages-2303523665-2048x2048.jpg

78. GOL! Mbappe hisobni tenglashtirdi! Dumfrisning uzatmasidan so'ng Kilian bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi!

76. So'nggi daqiqalar yonib ketadi endi!

gettyimages-2303036376-2048x2048.jpg

75. GOL! Piliosn hisobni oshirdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Stavros darvozaga joylab qo'ydi!

72. Endrikning olisdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

71. “Real”dan yaxshi qarshi hujum, Vinining uzatmasidan so'ng Mbappe darvozaga zarba berdi, biroq himoyachilar qaytarishdi.

70. Koytaning zarbasi juda noaniq bo'ldi.

67. Marinning jarima zarbasidan tepgan to'pi aniq bo'lmadi.

65. Kiliandan yana bir zarba, biroq bu safar to'pni darvozabon ushlab oldi.

62. Mbappening uzoqdan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…

55. Mbappening uzatmasidan so'ng Kukurelya darvozaga tepdi, himoyachi blok qo'ydi!

53. Temp yuqori emas bo'lim avvalida, jamoalar maydon markazida harakat qilishmoqda.

50. Militaoning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Bernarduning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

42. Vinisiusning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi! Qo'shimchasiga bu holatda offsayd ham bo'lgan ekan.

39. Kukurelyaning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni AEK posboni ushlab oldi.

37. “Real”dan yana bir hujum, biroq Mbappening uzatmasidan so'ng Diomande to'pni yana unga qaytarib berolmadi.

33. Endi o'yin tempi yanada yuqori bo'lishi shubhasiz.

gettyimages-2303033890-2048x2048.jpg

32. GOL! Bellingemdan supergol! Kukurelyaning chapdan bergan uzatmasidan so'ng Jud “tovoncha” bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!

29. Bo'ldi, offsaydligi tasdiqlandi.

29. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

28. Vinisiusning zarbasidan so'ng to'p Judga tegib, darvoza to'ridan joy oldi, biroq bu vaziyatda offsayd bo'lgani ma'lum qilindi.

26. Vinisiusning erlatib bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

21. Mbappening zarbasi o'ta noaniq bo'ldi.

17. Yovichning zarbasidan so'ng Tibo to'pni qaytardi!

15. Endi Madrid oldinga o'tmoqda, Diomandening harakatlari muvaffaqiyatsiz bo'ldi.

13. Tezkor gol ko'rdik, buyog'iga “Real” uyg'onarmikin?!

gettyimages-2303031521-2048x2048.jpg

12. GOL! Koyta hisobni ochdi! AEKning ajoyib hujumi yakunida Abubakarining zarbasi golga aylandi!

10. Yana bir vaziyat mezbonlarda, biroq bu holatda ham to'p Kurtuaga kelib tushdi.

5. Gachinovichning qulay vaziyatdan yo'llagan zarbasidan so'ng Kurtua to'pni qaytardi!

1. O'yin boshlandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia