Rasman: Nikolich SSKA bosh murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2025, 18:32
Marko Nikolich SSKA bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va yaqin kunlarda Gretsiyaning AEK jamoasi boshqaruvini qo'lga oladi.

Nikolich boshchiligidagi "armiyachilar" o'tgan mavsum Rossiya chempionatida bronza medalini qo'lga kiritib, mamlakat kubogini ham yutgan edi.

"Nikolichning AEKga tayinlanishi bo'yicha kelishuv yakunlandi. Gretsiya klubi Nikolich bilan 2 yillik shartnomani uzil-kesil tasdiqladi.

Serbiyalik mutaxassisning 600 ming evrolik tovon puli SSKAga to'liq o'tkazildi, rossiyalik klub to'lovni to'la-to'kis qabul qildi.

Markoning o'zi allaqachon Afinaga yetib keldi va AEK hafta o'rtasigacha uning tayinlanganini rasman e'lon qiladi", – dedi vaziyatdan xabardor manba.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24.ru