So’nggi yangiliklar

12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  2 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  7 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  26 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  2 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  2 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисини сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  6

Evropa chempionati rasmiy to'pining tarixi Yangiliklar

Evropa chempionati rasmiy to'pining tarixi

Teglar :  Evro-2020
Evropa chempionati tarixida qanday to'plardan foydalanilgani haqida malumot beramiz.

1968 yilgi rasmiy to'p hisoblangan Telstar Elast'dan Evro-2020'da foydalaniladigan Uniforia'gacha


1964 va 1968 yilgi Evropa chempionatlarining rasmiy to'plari uchun maxsus dizayn yoki maxsus nomga egaligi haqida malumotlar saqlanmagan.


1968: Telstar Elast

Birinchi rasmiy EVRO Adidas to'pi o'zining quyosh panellari va bir nechta nuqtalari bilan futbol to'piga o'xshash bo'lgan Telstar suniy aloqa yo'ldoshi nomi bilan atalgan.


1972: Telstar Durlast

Telstarning yangi ko'rinishi Belgiyadagi turnirga yo'l oldi. To'p yangicha qoplamaga ega bo'ldi va takomillashtirilgan texnologiyalar tufayli suvga chidamli darajaga etdi.


1976 yil: Telstar Durlast

Keyingi tajribalar natijasida to'pning suvga chidamlilik darajasi yanada yaxshilandi.


1980: Tango River Plate

Tango'ning yangicha chiziqlarga ega to'pi. Ushbu to'p dastlab 1978 yilda Argentinada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida foydalanilgan, shuning uchun ham "River Pleyt" sharafiga nomlangan.


1984: Tango Mundial

Teri ishlatmasdan ishlab chiqarilgan ilk to'p. Yangi materiallar va ko'p qatlamli qoplama tizimi qayta ishlash natijasida  to'pni juda yumshoq holga keltirdi. Bu Evropa chempionati uchun maxsus ishlab chiqarilgan birinchi to'p edi.


1988: Tango Europa

Yangi qoplama va tikuv izlarning yopilishi to'pning suvga chidamliligini oshirdi.


1992: Etrusco Unico

Ushbu to'p 1990 yilgi Jahon chempionati va 1992 yilgi Olimpiadada ham ishlatilgan. Uning nomi va murakkab dizayni Italiya tarixi va etrusklarning qadimiy civilizaciyaga daxldor. To'p uch boshli sher bilan bezatilgan.


1996: Questra Europa

Evroning ilk rangli to'pi 1994 yilda AQSHda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida foydalanilgan Questra'ning versiyasi edi. To'p yuziga sherlar va qizil atirgullar, mezbon Angliyaning ananaviy ramzlari aks ettirilgandi.


2000 yil: Terrestra Silverstream

To'p nomi va dizayni turnirning final bosqichini o'tkazgan Belgiya va Gollandiyaning  daryolariga asoslangan edi. Texnologik nuqtai nazardan, to'p yangi tashqi qatlamni oldi, bu esa uni yanada engillashishini taminladi hamda havoda harakatlanishini yaxshiladi.


2004: Roteiro

EVRO-2004 rasmiy to'pi Roteiro deb nomlangan bo'lib (portugal tilida "xarita" manosini bildiradi), u XV-XVI asrning mashhur portugal dengizchilariga, xususan, Vasko da Gamaga daxldor. Musobaqa tarixida birinchi marta har bir o'yinda to'pga uchrashuv sanasi, jamoalar va stadion nomi hamda markaziy doiraning geografik koordinatalari qo'llanila boshlandi.


2008: Europass

Ushbu to'p orqali futbolchilar yanada kuchliroq va aniqroq zarba yo'llash imkoniyatiga muyassar bo'lishdi. Turnir finalida jamoalar maxsus Europass Gloria kumush to'plarida o'ynashgan.


2012 yil: Tango 12

Evro-2012'ning rasmiy to'pi 80-yillarda taniqli bo'lgan Tango bo'ldi. Qora elementlar Polsha va Ukraina bayroqlarining ramziy tasvirlari tushirilgan rangli chiziq bilan o'ralgandi.


2016: Beau Jeu

Francuz tilida "chiroyli o'yin" manosini anglatuvchi Beau Jeu to'plari EVRO-2016 guruh bosqichida ishlatilgan. Uning dizayni ko'k, oq va qizil ranglarni birlashtirgan, yani Franciya bayrog'ining ranglari aks etgan. Kumush elementlar Evropa chempionati kubogining ramzini ifodalagan. Pley-off uchun Beau Jeu'ning Fracas deb nomlangan variantidan foydalanilgan.


2020: Uniforia

2019 yil noyabrida Adidas Evro-2020'ning Uniforiya nomli rasmiy to'pini namoyish qildi. Ushbu nom birlik va ko'tarinki kayfiyat tushunchalarini o'zida mujassam etgan, bu terma jamoalar o'rtasidagi eng yaxshi turnirga xosdir. EVRO-2020 final bosqichi qitaning 11 shahrida bo'lib o'tadi. To'p butun Evropani ilhomlantiradigan chempionatning inklyuzivligini tarannum qilishga qaratilgan.

Dizayn xuddi rassomning cho'tkasidagi buyoq singari qalin qora chiziqlarga asoslangan. Ular musobaqaning yangi transkontinental formatiga ishora qilib, chegaralarning o'pirilib ketgani va ularni kesib o'tishni ramziy manoda anglatadi. Yorqin rangli chiziqlar qora zarbalar ustiga joylashtirilgan. Ular turnirning xilma-xilligi va turli madaniyatlarning birlashishini aks ettiradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика