Evro-2020. Vengriyaga qarshi o'yindan avval Germaniyada yo'qotishlar
23 iyu 2021 14:45
Yangiliklar


Evro-2020. Vengriyaga qarshi o'yindan avval Germaniyada yo'qotishlar
Germaniya terma jamoasi futbolchilari Serj Gnabri, Leon Gorecka va Kay Xaverc Vengriyaga qarshi Evropa chempionati doirasida 3-tur o'yinini o'tkazib yuboradi.
Yoaxim Lyov bugungi bellashuvda Serj Gnabri, Leon Gorecka va Kay Xaverc xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Ushbu futbolchilarning o'yindan avval COVID-19"ga topshirgan testi javobi shubhali chiqqan va kasallika ehtimoliy chalinish sabab, sportchilar bir haftani o'tkazib yuborishadi.
Ismi aytib o'tilgan futbolchilar 29 iyunga qadar izolyaciyada bo'lishadi va yakka tartibda shug'ullanishadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Myuller va Klostermann Vengriyaga qarshi o'ynamasligi mumkin ekanligi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar