So’nggi yangiliklar

16:04Хорватия терма жамоа ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб "Евро"ни тарк этади   1 15:39ЎзФҲМ: "Пахтакор" - "Навбаҳор" бош ҳаками ўйин охирида хато қилган, "Сўғдиёна" - "Насаф" учрашувида қизил карточка тўғри берилган, "Олимпик" - ОКМК ўйинида пенальти тўғри белгиланган   6 15:24Вагиз Галиулин Россия клубини тарк этди  7 15:12Евро-2024. Мбаппе гуруҳ босқичида бошқа майдонга тушмайди  2 15:07Про лига. 13-тур расмийлари маълум  0 14:56"Рубин" марказий ҳимоячиси билан хайрлашганини эълон қилди  3 14:30Қосимов бошчилигидаги ОКМКни пешқадамга айлантирган "Олимпик"ка қарши ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:50"Реал" Карвахалга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 13:25Премьер-лига янги мавсумнинг 1-тур жуфтликлари маълум  2 12:54"Порту" 41 ёшли Пепе билан шартномани узайтирмайди  6 12:06Евро-2024. Шотландия ҳимоячиси 2 та ўйинга дисквалификация қилинди  0 11:42Ўзимизнинг карикатура. Кубок бу сафар ҳам қўлдан кетмоқдами?!  24 10:31«Ал Ҳилол» 175 миллион евролик трансферга тайёргарлик кўрмоқда. Барчаси «Евро»дан кейин ҳал бўлади  4 10:00«Реал Мадрид» вақтида 20 миллионга сотган футболчисини 100 миллион еврога қайтариши мумкин  6 09:33«Ал Ҳилол» президенти 2023 йилда Мессига қанча пул таклиф қилгани ва нима учун у таклифни қабул қилмаганини маълум қилди  24

Evro-1984. Bir taymda 9 gol urgan Ispaniya, Zidanga "kalla qo'yishni" o'rgatgan francuz hamda Konfuciy hikmatini aytib, chempionlikdan so'ng bosh murabbiylikdan ketgan mezbonlar ustozi haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Evro-1984. Bir taymda 9 gol urgan Ispaniya, Zidanga "kalla qo'yishni" o'rgatgan francuz hamda Konfuciy hikmatini aytib, chempionlikdan so'ng bosh murabbiylikdan ketgan mezbonlar ustozi haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

1984 yilgi Evropa chempionati avvalgi to'rtta turnir singari saralash bosqichidan boshlandi. Unda 32 jamoa guruhlarga bo'lingan holda ishtirok etdi. Jamoalar har bir raqib bilan uy va safar o'yinlarini o'tkazishdi, g'alaba uchun ikki, durang uchun esa bir ochko taqdim etildi.

Ispaniya va Niderlandiya terma jamoalari final bosqichi yo'llanmasi uchun bahslashayotgan saralash guruhida janjal kelib chiqdi. 

Ispanlar yakuniy bosqichga chiqish uchun guruhdagi so'nggi o'yinda Malta terma jamoasini o'nta(!) to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak edi. Birinchi bo'limdan so'ng maltaliklar 1:3 hisobida ortda qolishayotgandi. Ammo ispanlar ikkinchi bo'limda to'qqizta gol urib, 12:1 hisobida g'alaba qozonishdi va final bosqichiga yo'l olishdi. 

Keyinchalik Niderlandiya matbuoti shunday yozdi: Malta terma jamoasi futbolchilari ko'chmas mulkni Ispaniyaning qaysi hududidan olishdi? 

Niderlandiyaliklar natijaga darhol norozilik bildirishdi, biroq UEFA maxsus komissiyasi bunday misli ko'rilmagan natijada g'ayrioddiy narsani ko'rmadi. 

SHuningdek, ishtirokchi futbolchilar Evro-1984'da libos va butsalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan pul ishlashni boshladi.

Final bosqichi 12–27 iyun kunlari Franciya yashil maydonlarida o'tkazildi. Francuzlar mezbonlik uchun Germaniya bilan kurash olib borgan.

Sakkizta jamoa ishtirokidagi dastlabki final turniri ettita arenada o'tkazildi. Ochilish o'yini va final Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tdi. Boshqa uchrashuvlarga "Velodrom" (Marsel), "Jerlan" (Lion), "Joffrua Gishar" (Sent-Eten), "Feliks Bollar-Delelis" (Lans), shuningdek, ikki yangi stadion "Bojuar" (Nant) va "La-Meno" (Strasbur) mezbonlik qildi.


Turnirning ochilish o'yini Franciya va Daniya o'rtasida o'tkazilib, Mishel Platinining 78-daqiqada urgan goli evaziga mezbonlar zafar quchdi. Ochilish o'yinida oyog'i singan daniyalik yarim himoyachi Allan Simonsen uchun ham turnir muddatidan oldin yakunlandi. 


2006 yilgi jahon chempionati finalida Franciya terma jamoasi etakchisi Zinedin Zidanning italiyalik himoyachi Marko Materaccining ko'kragiga bosh bilan zarba berganini ko'pchilik unutgani yo'q. Ammo bu voqea yangilik emasdi. Gap shundaki, Evro-1984 guruh bosqichi ochilish bahsida Franciya va Daniya to'qnash keldi. Uchrashuvning 87-daqiqasida francuz Manuel Amoros raqib futbolchisi Jesper Olsen bilan kelishmovchilik natijasida uning yuziga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.


SHundan so'ng Platini Belgiya va Yugoslaviyaga qarshi o'yinlarda xet-trik qayd etdi. Daniya Belgiya va Yugoslaviya ustidan g'alaba qozonib, guruhda ikkinchi o'rinni egalladi, Belgiya esa ikki ochko bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yugoslaviya ochkosiz qolganiga qaramay, guruhning so'nggi o'yinida mezbonlarni cho'chitib yubordi, ular tanaffusga qadar 1:0 hisobida oldinda borishdi va uchrashuv yakuniga olti daqiqa qolganida, Franciyaning 3:1 hisobidagi ustunligini bitta golga qisqartirdi. 1-guruhdagi o'yinlar g'ayrioddiy tarzda yuqori natijaga erishdi va oltita o'yinda 23 ta gol kiritildi.

Ikkinchi guruhda esa Ispaniya va Portugaliya yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Amaldagi chempioni Germaniya uchinchi o'rin bilan cheklanib, Ruminiya bilan birgalikda guruhda qolib ketdi.

Yarim finalda Franciya qo'shimcha bo'limlar tugashiga atigi 1 daqiqa qolganda Platinining goli evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Penaltilar seriyasiga bo'lgan qo'rquv yarim finalda Franciyaga Portugaliyani qo'shimcha daqiqalarda engishiga yordam berdi. "Jan Tigana penaltilar seriyasida biz hech qachon g'alaba qozonmaganimizni aytdi (francuzlar ikki yil muqaddam jahon chempionati yarim finalida Germaniyaga aynan penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi), biz buni eslab qoldik va penaltilar seriyasidan qochishga harakat qildik", dedi Platini.

Ajablanarlisi, Portugaliya terma jamoasi shtabida bir emas, to'rt nafar murabbiy faoliyat olib borgan: Fernando Kabrita, Xose Augusto, Antonio Morais va Toni. 

Ispaniya va Daniya qarama-qarshiligida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa ispanlar 5:4 hisobida ustun keldi.

"Park de Prens" stadioni mezbonlik qilgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida Franciya Ispaniyani 2:0 hisobida mag'lub etib, qita chempionligini qo'lga kiritdi. 

Final oldidan kiyinish xonasida francuzlar bosh murabbiyi Mishel Idalgo doskaga tog' suratini chizadi va "CHo'qqiga chiqish va u erga o'z bayrog'imizni qadash uchun bir qadam qoldi, eng oxirgi va eng qiyin qadam", deydi. SHuningdek, u Qadimgi Xitoy mutafakkiri va faylasufi Konfuciyning ushbu jumlasini ham yozadi: "Tog'ning yuqorisiga kelganingizda ham ko'tarilishda davom etishingiz kerak".

Finalning tanaffus vaqtida Parijda portlash sodir bo'ldi, shunga qaramay, xavfsizlik xizmatlari ogohlantirilib, ikkinchi bo'lim kechiktirilmasdan boshlandi.

57-daqiqada Platini jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo ispaniyalik darvozabon Luis Arkonado to'pni egallashda xatoga yo'l qo'yib, hisobni ochilishiga sababchi bo'ldi. "Men boshqacha gol urishni afzal ko'rgan bo'lardim, chunki Arkonada ajoyib darvozabon edi", deya afsuslanib esladi Mishel Platini. "Bu gol uning uchun sharmandali va og'riqli bo'ldi, men darvozabonga imkon qoldirmaydigan tarzda gol urishni xohlagandim".

SHundan so'ng, ispanlar vaziyatni o'nglay olmadi. Uchrashuv so'ngida esa Bruno Bellone hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.

Evro-1984. Final.

27 iyun 1984 yil. Parij. "Park de Prens" stadioni. 47 368 tomoshabin.

Franciya — Ispaniya — 2:0

Hakamlar: V. Xristov, D.Krxnyak, I.Pouchek (barchasi — CHexoslovakiya).

Gollar: Platini, 57 (1:0); Bellon, 90 (2:0).

Franciya: Bats, Battiston (Amoros, 72), Le Ru, Bossi, Domerg, Jiress, Tigana, Fernandes, Platini (sardor), Lyakomb (Jengini, 80), Bellon.

Ispaniya: Arkonada (sardor), Urkiaga, Salva (Roberto, 85), Galego, Senor, Xulio-Alberto (Sarabiya, 77), Viktor, Kamacho, Fransisko, Santilyana, Karrasko.

Ogohlantirishlar: Fernandes; Le-Ru — Galego, Karrasko.

CHetlatish: Le-Ru, 85.


Ertasi kuni Mundo Deportivo va boshqa ispan gazetalari francuzlarni o'yinni sotib olganlikda ayblab, "Hakam eng yaxshi... franciyalik futbolchi edi", deb yozdi.

1980 yilda final bosqichida qatnashuvchi jamoalar oshganidan beri faqatgina Franciya o'z uyida o'tkazilgan Evropa chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Francuzlar yil davomida 12 ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozonishdi.

Franciyalik futbolchi Mishel Platini turnirning final bosqichi davomida 9 ta gol urib, yaqqol to'purarga aylandi. SHuningdek, u bir musobaqada gol urish bo'yicha rekordchiga aylandi. "Uch sherlar"ning o'sha vaqtdagi yagona legioneri bo'lgan "Yuventus" yarim himoyachisi Daniyaga qarshi o'yinda gollari hisobini ochdi, keyin esa Belgiya va Yugoslaviyaga qarshi ketma-ket ikki o'yinda xet-trik qayd etdi. SHuningdek, terma jamoa sardori Portugaliyaga qarshi yarim final va Ispaniya bilan final to'qnashuvida ham raqiblari darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Faqatgina portugaliyalik Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatlarida gollar soni bo'yicha undan o'zib ketdi.

Platini o'sha yili boshqalardan mutlaqo ajralib turdi va "Oltin to'p"ga yana bir marotaba loyiqligini isbotladi. Biroq keyingi faoliyatida uning xarakteri bazan ziddiyat hosil qilardi. U bazi o'yinlarda o'zidan ko'ra jamoadoshlarining ko'proq yugurishini kutardi, fitnes murabbiyining ko'rsatmalarini rad etardi va kiyinish xonasida oshkora sigaret chekardi. Keyinchalik uch karra yilning eng yaxshi futbolchisi Evro-1984 uning faoliyatida u to'liq tayyor bo'lgan yagona musobaqa bo'lganini takidladi.

Jurnalistlardan biri unga shunday savol beradi: "Ayt-chi, Mishel, sen qanday qilib buyuk futbolchiga aylanding?" Mishel chuqur nafas olgancha, shunday javob berdi: “Men hech kimdan tez yugurmayman, hech kimdan baquvvat emasman, hech kimdan kuchliroq zarba bermayman...” So'ngra u peshonasiga ishora qilib, kulgi aralash so'zini davom ettiradi: "Epchil oyoqlaringiz bo'lishi mumkin, lekin mana bu yo'q bo'lsa, foydasiz..."

1987 yilning 17 mayida “Yuventus” yarim himoyachisi Mishel Platini faoliyatidagi so'nggi o'yindan so'ng stadionni yolg'iz tark etdi. Xayrlashuv uchrashuvidan so'ng u tamaki tutunini burqsitib, shunday dedi: "Bugun kechqurun 32 yoshimda vafot etdim..."

Qiziq tomoni, bosh murabbiy Mishel Idalgo faqatgina Franciya terma jamoasida asosiy lavozimda ishlagan, undan avval va keyin esa yordamchi murabbiy va direktor vazifalarini bajargan. CHempionlikdan so'ng Idalgoning shuhrati shunchalik oshib ketdiki, unga sport vaziri lavozimi taklif etildi, biroq u buni rad etib, terma jamoa direktori lavozimini egalladi, bosh murabbiylik jilovini esa yordamchisi Anri Mishelga topshirdi. 

Ramziy terma jamoa: Xarald SHumaxer (GFR), Morten Olsen (Daniya), Joau Pintu (Portugaliya), Andreas Breme (GFR), Karl-Xaync Ferster (GFR), Frank Arnesen (Daniya), Alen Jiresc (Franciya), Jan Tigana (Franciya), Mishel Platini (Franciya), Fernandu SHalana (Portugaliya), Rudi Feller (GFR).


Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati — janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz  


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
04 iyu 22:57:02
Shovruq88
Ajoyib qoyil Oqilbek!!!Kuchli siz!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика