Eronlik futbolchi namoyishlarda qatnashgani uchun 26 yilga ozodlikdan mahrum etildi
09 jan 2023 19:11
Yangiliklar
Eronlik futbolchi namoyishlarda qatnashgani uchun 26 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Eronlik futbolchi Amir Rizo Nasr Azadani 26 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Erondagi ommaviy norozilik namoyishlarini qo'llab-quvvatlagan eronlik “Traktor”ning sobiq himoyachisi uch policiyachining o'ldirilishida ishtirok etganlikda, shuningdek, jamoat xavfsizligini buzish va noqonuniy guruhlarga azolikda ayblangan.
Umuman olganda, Azadani 26 yilga hukm qilindi, ammo u bir necha jazoni bir vaqtda o'tagani sababli 16 yilni qamoqda o'tkazadi, bu unga qo'yilgan jinoyatlardan biri uchun maksimal muddat sanaladi.
Avvalroq OAV Amir Azadoniy o'lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergandi, biroq keyin Eron rasmiylari bu malumotni rad etgandi.
Fikrlar