So’nggi yangiliklar

22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  0 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  9 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  1 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  6 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  9 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  8 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  1 18:37Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғинга киришди  0 18:14"Пахтакор" яна бир легионер билан шартнома имзолаганини расман эълон қилди!  23 17:3217 ёшли Месси Франция Кубогида дубль қайд этди  4 17:04"Барса" "Камп Ноу"даги 475 та VIP-ўринни 30 йилга 100 миллион евро эвазига сотди. Клуб Ла Лигани 31 декабрда огоҳлантирган  16 16:19Абдуқодир Ҳусановгача "Манчестер Сити"да кимлар 45-рақамда ўйнаган?  25

Ermatovdan o'yinni yaxshi boshqarishni kutib qolamiz Yangiliklar

Ermatovdan o'yinni yaxshi boshqarishni kutib qolamiz

Jahon chempionatining ochilish o'yinini boshqargan yaponiyalik hakam Yuichi Nishimuraning Xorvatiya darvozasi tomon belgilagan penaltisi turli gap-so'zlarga sabab bo'ldi.
Bugun “E” guruhida 1-tur bahslari start oladi. Braziliya poyxatida bo'lib o'tadigan SHveycariya va Ekvador o'rtasidagi o'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu uchrashuvda biz uchun Ermatovning yaxshi ishlashi o'yin natijasidan ham muhim. Yaxshi bilasiz, bundan to'rt yil JARda o'tkazilgan mundialda debyut qilgan Ermatov tezda og'izga tushib, uning shaniga har tomondan maqtovlar yog'ilgandi.

Natijada FIFA ham unga to'liq ishonch bildirib, beshta o'yinni boshqarishiga imkon yaratib bergandi. Mana o'shandan beri oradan to'rt yil o'tdi va bu orada Ermatovning tajribasi ancha oshdi. Ravshan Ermatov yana bir marotaba O'zbekiston nomini dunyo futboli jamoatchiligiga tanitishi uchun bugungi bahsni alo darajada boshqarib borib lozim. Nafaqat o'zi va yurti uchun, balki Osiyo hakamlari shani uchun ham. Nishimuraning xatosidan so'ng biz osiyolik hakamlar katta o'yinlarga hali tayyor emas kabi gaplar bilan chalg'ib qolishni xohlamaymiz. Buning uchun Ermatov va uning yordamchilari uchrashuvni yaxshi boshqarishlari kerak, shundagina FIFAning qitamiz hakamlariga bo'lgan ishonchi yanada ortadi.

O'yin boshlanishiga tobora oz vaqt qolmoqda. Bahsga Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlab start beriladi. Bugungi o'yinda Ermatovga yon qanotlarda odatdagidek Abdulhamid Rasulov bilan Bahodir Qo'chqorov ko'mak berishadi. Albatta, birinchi o'yinda hayajon bo'lishi turgan gap, biroq hakamlarimiz tajribali, ular hayajonni tezda engib o'ta olishadi. Xorij OAVda Ermatovning hatto jahon chempionati finalini boshqarishi mumkinligi haqida yozishyapti. Lekin finalgacha ancha bor, hozir esa eng muhimi birinchi o'yinni yaxshi o'tkazib olish. SHu o'rinda Ermatov va uning brigadasiga bugungi bahsni xatolarsiz boshqarishini Yaratgandan so'rab, ularga omad tilab qolamiz. Olg'a, o'zbek o'g'lonlari!!

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика