So’nggi yangiliklar

13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  0 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  12 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  10 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  5 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  12 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2

Endi O'zbekiston U-17 va U-20 ko'rinishda shakllanadi, buning “plyuslari“ haqida batafsil Yangiliklar

Endi O'zbekiston U-17 va U-20 ko'rinishda shakllanadi, buning “plyuslari“ haqida batafsil

Teglar :  OFKUEFAO'FA
Valeriy Lobanovsiy tomonidan mukammal ishlab chiqilgan nazariyani Evropa amalda qo'llab, uni takomillashtirdi va dunyoda futbol vatani mavh etgan Janubiy Amerikadan, yana avvalgi mundiallardagi chempionliklarni qaytarib oldi.

So'nggi 16 yilda jahon chempionati Evropa vakillariga nasib qilib kelyapti. Qatarda ham ular tan-tana qilsalar ajablanmaymiz. Demak, OFK UEFA ketidan yursa foydasi bo'lsa, bo'ladiki, zarari bo'lmaydi.

Bu maqola balki ancha kech chiqayotgandir, lekin hechdan ko'ra. Bu mavzu hali bizda ko'tarilmaganligi uchun, buni taqqoslash orqali Sizlarga tahlil qilib beraman.

Biz o'rganib qolganimiz o'smirlar U-16 va U-19 musobaqalari endi U-17 hamda U-20 deb ataladi. Yani Azamat Abduraimov va Timur Kapadze boshchiligidagi o'smir va yoshlar terma jamoalari qita birinchiliklarida 16 va 19 yoshga to'lgan paytlari qatnashadigan bo'lsalar, keyingi qita chempionatlaridan boshlab ular JCHda bo'lgani kabi, 17 va 20 yoshga to'lgan bo'ladilar. Buning foydali tomonlari haqida quyida tushuntirib o'taman.

Evropa bu tizimga 2002 yil o'tgan. Unga qadar u erda ham musobaqa 16 yoshli futbolchilar uchun tashkil etilib kelingan. Yoshlar terma jamoasi esa ularda 2002 yilga qadar 18 yoshni, undan keyin 19ga o'zgartirilgan. OFK esa bir yo'la yoshlar terma jamoasi musobaqalarini ham JCH yoshiga moslab qo'ydi. Bunga asosiy sabab etib OFK terma jamoalarini JCHlarga o'sha yilni o'zidayoq munosib tayyorgarlik ko'rishi etib ko'rsatilgan. Bu albatta yaxshi qaror. Endi bu holatlarni o'zimizning futboldagi plyuslarini ko'rib chiqamiz.


Quvondiq Ro'ziev, Ikrom Aliboev, Jaloliddin Masharipov va yana bir necha nafar futbolchilar paytida Osiyo chempionatlarining na saralash bahslarida, na o'zida qatnashmaganlar. CHunki bu futbolchilar o'sha vaqtda jamoadoshlariga qaraganda jismonan imkoniyatni boy berganlar. Ularning fikrlashi esa murabbiylarga qiziq bo'lmagan, achchiq haqiqat bu. Jismonan kuchli, ammo fikrlashi etuk bo'lgan bola, bari-bir muvaffaqiyat qozonadi, faqat ularga vaqt kerak bo'ladi. OFK tomonidan yoshlar va o'smirlar terma jamoalarini 1 yilga kattalashtirishi orqali esa biz mana shunday istedod egalari uchun imkoniyat yarata olamiz.


2004 yillar terma jamoasi 2 yil avval yig'ilganida asosiy tarkib “Nasaf“ va “Bunyodkor“ azolaridan tuzildi. “Paxtakor“ning bollari esa asosan zaxiradan maydonga tushar edilar. Sababi ular aynan o'sha davrda jismonan oqsar edilar. Bugunga kelib esa “Paxtakor“ futbolchilari ham jismonan etildilar. Endi ularning navbati asosiy tarkibga kirish. Ammo shunisi borki, ular asosiy tarkib vakili bo'lgan paytga kelib vaqt o'tib bo'lgan edi. Mana shuning uchun ham OFK tomonidan amalga oshirilgan yuqoridagi o'zgarish, murabbiy uchun yana bir yil imkoniyat beradi, fikrlaydigan futbolchini jismoniy holatini boshqalarga etkazib olish uchun.

Endi Server Jeparov ikkilanmay, jismoniy holati tayyor bo'lmagan futbolchilarni qo'rqmay o'zining kengaytirilgan tarkibida olib yurishi mumkin. 14 yoshda yig'ilgan tarkib hech qachon optimal bo'lmaydi. Bu yoshda bolani qaysi vaqtda o'sib, kuchga to'lishini faqat tabiat hal qiladi. Kimdir 14 yoshda to'lishsa, kimdir 16 yoshga kelganda cho'zilib ketadi. SHu kungacha Osiyo chempionati saralash o'yinlari 15 yoshda, chempionat 16 yoshda bo'lardi. Tabiiyki, organizmini o'sishida “kechikayotgan“ bola tarkibdan tushib qolishma majbur bo'lardi.

Yoshlar terma jamoasiga ham buning foydasi katta. 2001 yilda tavallud topgan terma jamoalarni misol keltiramiz. Saralash o'yinlariga asosan o'rinbosarlar safida harakat qilayotgan futbolchilar ishtirok etdilar. Afsuski bizda klublar deyarli o'tgan mavsumda 2001 yilda tug'ilgan bolalarga ishonch bildirmadilar. Faqatgina, “Paxtakor“, “Bunyodkor“ va “Nasaf“da bu ishlarni ko'rdik. SHuning uchun ham terma jamoa mazkur klublar orqali shakllandi. Juda ko'plab yaxshi futbolchilar esa o'z klublarining o'rinbosarlar ligasida imkoniyat ololmasliklari tufayli terma jamoaga kira olmadilar. Bu yil aksar klublar PFL reglamenti asosida 2001 yillarda tug'ilgan futbolchilarni o'ynatishlari kerak bo'ladi. Agar Osiyo chempionati saralash o'yinlari OFKning yangi qoidasiga ko'ra 18 yoshda emas, 19 yoshda bo'lganida, murabbiydagi tanlash imkoniyati juda katta foizga oshgan bo'lardi. Endi bu imkoniyat 2003 yillarda tug'ilgan yoshlar terma jamoasining ustozidan bo'ladi. 2003 yillar murabbiyi kim bo'lsa ham, uning ishi ancha engillashadi. Endi 2003 yillar terma jamoamiz 2022 yil Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi. Bu paytda PFL talabiga ko'ra U-21 ligada 3 nafar 2003 yilda tug'ilgan futbolchi o'ynashi majburiy bo'ladi. Superligadan farqli ravishda, yoshlar ligasida yoshlarni tushirishni majburlash bu to'g'ri, chunki ularning asosiy vazifasi yoshlarni tarbiyalash aslida.

Yuqorida ko'rib turganingizdek, OFK tomonidan yo'lga qo'yilgan bu ishlar biz uchun ayni muddao bo'ladi. Endi yoshi katta futbolchilarga qarshi jiddiy kirishsak bo'laveradi. 17 va 20 yoshda deyarli barchaning jismoniy imkoniyatlari tenglashib bo'lgan bo'ladi. SHuning uchun ishni bugundan boshlashimiz va bu musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi. Lekin turnirlarga chiqa olmasak, bundan katta muammo yasash kerak emas. Boisi asosiy etibor O'TJ, YOTJ, OTJ emas, balki MTJ bo'lishi kerak. Evropaga bir nazar tashlaydigan bo'lsak, Germaniya yoshlar terma jamoasi so'nggi 10 yillikda faqatgina 1 marotaba qita chempionatida yarim finalga etib kelgan. 2009 — 2019 yillar davomida o'tkazilgan musobaqalarda faqatgina 2014 yil Vengriyada bo'lib o'tgan turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Qolganlarida esa yo qatnashgan, yo ikkinchi tarkibni olib borgan. CHunki bu yoshda Germaniya klublarining asosiy tarkiblarida o'ynaydigan futbolchilarni terma jamoadan bezovta qilishmaydi. Sababi bu kabi tizim amal qiladigan davlatlarda bosh etibor MTJning qita va JCHlardagi ishtirokiga qaratiladi. Aksincha yoshlar terma jamoalari asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilar uchun “bozor“ vazifasini o'tab beradi.

So'nggi yillarda o'smirlar futbolida tub burilish yasay olgan Belgiya terma jamoasi esa tarixda bir marotaba ham yarim finalga ham etib kelmagan. Ammo bugun Germaniya va Belgiyaning milliy terma jamoalarisiz Evropani tasavvur qilib bo'lmaydi.

Osiyo ham bizsiz o'zini tasavvur qila olmasligi uchun katta burilish qilish shart emas. O'smirlar o'rtasidagi musobaqalarni ko'paytirishimiz va murabbiylar malakasini oshirishimiz kerak. Undan keyin bitta chiqib qoladigan istedodni har ko'yga solmasligimiz kerak. Agar Masharipovni o'sha yillari kuchga to'ldirib, bir emas 3talab terma jamoaga “sudrashganida“ balki bugun uni yo'qotgan bo'lardik-mi?

Evropada yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi chempionatlar Osiyodagi kabi 2 yilda bir emas, har yili bo'ladi. Ularning biri JCH yo'llanmasini bersa, biri shunchaki o'tadi. Bu bilan Evropada barcha yillarda tug'ilgan bolalari uchun musobaqani yo'lga qo'yib olgan. UEFA uchun toq va juft yil degan narsa yo'q. OFK ham bir kun kelib shu tizimga o'tadi, faqat buning uchun mablag' kerak.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика