Emmanuel Adebayor: "Yana futboldan rohatlana boshladim"
13 fev 2014 18:08
Yangiliklar


Emmanuel Adebayor: "Yana futboldan rohatlana boshladim"
"Tottenxem" hujumchisi Emmanuel Adebayor APL 26-turida "Nyukasl"ga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– Murabbiy tomonidan ishonch his qilayapman, – deydi Adebayor ESPN nashriga. – So'nggi vaqtlarda yana futboldan rohatlanishni boshladim. "Tottenxem" eng yuqori o'rinlar uchun kurashda davom etadi, men bunga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

Fikrlar