So’nggi yangiliklar

09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  8 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  1 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1

Eldor Speciyada ham zaxira futbolchisimi, yangi murabbiyning tanlovi qanday? Yangiliklar

Eldor Speciyada ham zaxira futbolchisimi, yangi murabbiyning tanlovi qanday?

Speciyada bosh murabbiy almashgach SHomurodov zaxirada qoldirildi.

Surxondaryolik forvard o'yin amaliyotini maqsad qilgani uchun «Roma»dan ketganini bilasiz. «Speciya»da Eldorni quchoq ochib kutib olishdi. Hujumchi kutilganidek boriboq asosiy tarkibdan joy oldi. Ketma-ket 3 o'yinda ilk daqiqalardan maydonda harakat qilgan futbolchi, afsuski gol ham assist ham amalga oshira olmadi. Jamoaning sobiq ustozi Luka Gotti hujumchi xususida “SHomurodov oldinga qadam tashladi, u jamoamizga qanday yordam berishini tushundik. Bo'lmasa uni 90 daqiqa o'ynatmagan bo'lardik” degandi”.

 Gotti Eldorni tushunishga tushundi ammo rahbariyat Gottini tushunmadi. Ko'p o'tmay Luka istefoga chiqarildi, uning o'rnini esa yana bir mahalliy murabbiy Leonardo Semplichi egalladi. 23 fevralda «Speciya» boshqaruviga kelgan Semplichi 26 fevralda bo'lib o'tgan «Udineze»ga qarshi o'yinda Eldorni zaxirada qoldirdi. 62-daqiqada Verde o'rniga maydonga tushirilgan Eldor yakunda eng past ball olgan futbolchilardan biriga aylandi. Aksiga olib Nzolo jarohatdan qaytishini dubl bilan nishonladi. Tabiiyki savol tug'iladi. Eldor «Speciya»da ham zaxira futbolchisimi? Yangi murabbiy forvardga ishonch bildiradimi? Nzolo va Eldor tanlov qanday bo'ladi yoki «Speciya» buyog'iga ikki hujumchi bilan o'ynaydimi? Quyida shu savollarga javob topishga urinamiz.

Leonardo Semplichi kim va qanday uslubda o'ynaydi.


Leonardo Semplichi Italiyaning quyi divizion jamoalarida to'p tepgan. Ampulasi himoyachi. Murabbiylik faoliyati avvalida Italiya yarim professional jamoalarida ishlagan. Pichoqqa ilingulik ishlari «Spal» klubi bilan bog'liq. 2015/2016 mavsumda «Spal» Semplichi murabbiyligi ostida «S» seriya g'olibi bo'ladi va «B» seriyaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 2016/2017 yilgi mavsumda «B» seriyada ham zafar quchilgach jamoa “A” seriyaga yo'l oladi. Leonardo «Spal» bosh murabbiyi sifatida yuqori divizionda 3 mavsum faoliyat yuritdi. Ilk urinishda (2017/2018) 17 chi o'rinni olib “A” seriyada jon saqlab qolgan murabbiy, 2018/2019 yilgi mavsumda jamoasini 13 chi pog'onagacha olib chiqdi. 2019/2020 yilgi mavsumda “A” seriyani so'nggi o'rinda yakunlagan «Spal» quyi divizionga tushib ketdi.  SHu tariqa bir necha mavsum avval «Spal»ni “A” seriyaga olib chiqqan murabbiyning o'zi jamoani quyi divizionga kuzatib qo'ydi. SHu bilan «Spal» va Semplichi hikoyasi yakunlandi. 

Mutaxassis 1 yil ishsiz yurgach 2021 yilning fevralida “A” seriyada ishlari yurishmayotgan «Kalyari»ga taklif etildi. 22 fevralda ishga kirishgan murabbiy (Semplichi kelishiga qadar «Kalyari» 18 chi o'rinda edi) mavsum yakunida «Kalyarini» “A” seriyada olib qoldi (o'shanda so'nggi turda SHomurodov «Jenoa» safida «Kalyari»darvozasiga yagona g'alaba golini urgandi). 2021/2022 mavsum avvalidagi qoniqarsiz natijalar sabab rahbariyat murabbiyni istefoga chiqardi. 1 yarim yillik tanaffusdan keyin Leo «Speciya»ni elitda olib qolish uchun taklif etildi.


O'yin uslubi haqida.


Semplichi hozirda urfda bo'lgan 3-5-2 yoki 4-2-3-1 taktik sxemalaridan foydalanadi. Asosiy urg'u qanot futbolchilariga qaratiladi. Katta ehtimol murabbiy «Speciya»da ham ikki hujumchi bilan harakatlanadi. Eldor va Nzolo qay darajada tandem hosil qila olishadi hammasi shunga bog'liq.

Nzolo yoki SHomurodov.


Nzolo ayni paytda 11 goli bilan jamoaning yaqqol to'purari bo'lib turibdi. Afrikalik futbolchi joriy mavsum ajoyib sermahsullik qayd etmoqda. O'tgan mavsum bor yo'g'i ikkita gol urgan hujumchi joriy mavsum yarmiga keliboq 11 ta gol urishni uddaladi. «Speciya»da 3 chi mavsum harakatlanayotgan futbolchining toshi tarozi pallasida Eldornikidan og'irroq kelishi tabiiy. Nzolo ikkala oyoqda yaxshi o'ynay oladigan kam sonli forvardlardan biri (gollarining 5 tasini chap va yana shunchasini o'ng oyoqda urgan). Gavda tuzilishi Adama Traoreni eslatib yuboradigan futbolchi yaxshigina sprint tezlikka ega (garchi vazni biroz yuqori bo'lsa ham). Ikkinchi qavat, shubhasiz bosh bilan o'ynash borasida Eldor raqobatchisidan ancha ustun. Murabbiy hujumlarni ikkinchi qavatda olib borishni istasa Eldor varianti oldinga chiqadi. Tezkor qarshi hujumlarda ham ustunlik Eldor tomonda. Forvard «Rostov» va «Jenoa»dagi asosiy gollarini qarshi hujumlar samarasi o'laroq kiritgan. Semplichining vazifasi maksimum ochko ishlash va jamoani “A” seriyada olib qolish.

Bizning «Speciya»ni 5 chi mart kuni chempionat doirasida «Verona»ga qarshi bahs kutib turibdi. Yuqorida Semplichi kim va Eldorni oldinda nimalar kutmoqda kabi savollarga javob topishga urinib ko'rdik. Vaqt oliy hakam. Ko'ramiz va kuzatamiz.

Jaloliddin Xalilov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика