So’nggi yangiliklar

00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  4 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1

Timur Kapadze: "Jahon chempionati uchun aniq reja? Barchasi hal bo'lguncha kutish kerak" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Jahon chempionati uchun aniq reja? Barchasi hal bo'lguncha kutish kerak"

"CAFA Nations Cup-2025" 3-turi doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.

- Ilk navbatda tabrik uchun barchaga rahmat aytaman. G'alaba bilan hammani tabriklayman. Hudoga shukur, g'alaba qozondik. Oson o'yin bo'lmadi. Muhimi kerakli natijani qo'lga kiritdik. Yigitlarga ham rahmat aytaman. Chiroyli o'yin ko'rsatib berishdi. 

Otabek Shukurov: - Terma jamoa darajasida oson o'yinning o'zi yo'q. Shu sababli oson g'alaba qo'lga kiritildi deb o'ylamayman. Yuzimiz yurug' bo'lib, g'alaba qozondik va tepaga chiqib oldik. Eronga qarshi final o'yiniga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

- O'monga qarshi o'yinda jamoa 4-2-3-1 taktikasida o'ynadi. Turkmaniston va Qirg'iz Respublikasi bilan bahslarda esa eski taktika 3-4-3ga qaytildi. Buning sababi nimada?

- Sabab raqiblarda. Ayrim raqiblar 2-3 nafar hujumchi bilan o'ynaydi va bunday holatda biz faqatgina paslar orqali chiqishimiz kerak bo'ladi. Bazida ortda uch himoyachini qoldirish kerak bo'ladi. Biz shuni reja qilgandik. Raqiblar ham bizga aks qilib, shunday taktikada o'ynashdi. Albatta, tarkibda ham rotaciyalar ko'p bo'ldi. Shu sababli himoyada tartibliroq o'ynab, o'z imkoniyatimizni kutishga harakat qildik.

- Bugungi uchrashuvda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. Bugun Sizni quvontirgan jihatlarni aytib o'tsangiz.

- Bugun barcha futbolchi yaxshi harakat qildi. Shu sababli kimnidir maqtash noo'rin bo'ladi. Ha, bazida kimningdir o'yini chiqmaydi. Bunday paytda bu asosiysi emas. Muhimi g'alaba. Shukurki, 4:0 hisobida g'alaba qozondik. Bunday holatda istalgan futbolchini etirof etsa bo'ladi.

- Kechagi mashg'ulotda Abdulla Abdullaev ko'rinmadi va bugungi bahs qaydnomasiga ham kiritilmadi. U jarohat olgan ekan. Futbolchining holati qanaqa?

- Eski jarohat. Bir oy oldin orttirib olgan ekan. Yuklama ko'proq bo'lsa sezilar ekan. O'yindan keyin unda shunday bo'ldi. Shu sababli u tiklanish jarayonida. Bir-ikki haftada qaytadi va o'z jamoasida o'ynaydi. Turnirgacha kelgan ayrim futbolchilar jarohat bilan keldi, tiklanish jarayonida qatnashdi. Shunda ham rotaciyalar orqali uch o'yinni ham o'tkazib oldik va finalga chiqdik. Bu bahsga jiddiy tayyorlanamiz. Chunki bizni qiyin o'yin kutib turibdi.

- Eronning "CAFA Nations Cup"dagi o'yinlarini ko'rdingizmi? Bu terma bilan 4 marta durang o'ynadik, endi g'alaba qozonish payti keldi. Ular ham yuqori kayfiyatda bu erga keladi. Ushbu terma haqida fikrlaringiz.

- Eronni yaxshi taniymiz. Ko'p o'ynadik. Biroq ularning o'yinlarini kuzatmadik. Chunki o'z o'yinlarimiz bilan ovora bo'ldik. Kuzatmagan bo'lsak-da, Eron qanday o'ynashini bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. O'z uyimizdamiz, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Aziz G'aniev hamda Jamshid Iskanderov maydonga tushganidan keyin termaning hujumlari ko'paydi. Odatda termamiz markazda ikki yarim himoyachi bilan o'ynaydi. Futbolchi sifatida yoningizda yana bir hujumkor jamoadoshingiz bo'lsa, bu o'yinga qanchalik tasir o'tkazadi?

Otabek Shukurov: - Oldinlari ikki markaziy yarim himoyachi bo'lganda qiynalardik. Chunki to'pni raqibga berib, qarshi hujumni ko'p o'ylardik. Hozir Timur aka bilan 5 himoyachilik taktikada ham, uch markaziy himoyachili taktikada ham shu borada ishlayapmiz. Ikki-uch xil taktika bo'lgani barcha futbolchilar uchun qulay. Raqibga har xil holat bo'lgani ham yaxshiroq. Murabbiylar nima desa, biz shunga yarasha harakat qilamiz.

- Oktyabr oyida termamiz Malayziyada Urugvayga qarshi o'ynaydi. Bu o'yin Sizning talabingizmi yoki O'FAning dasturidagi o'yinmi?

- Bizda xalqaro bo'lim bor va ular o'yinlar izlashadi. Takliflar berishadi. Urugvay mavzusi anchadan beri bor edi. Argentina termasi mavzusi ham. Ular bilan Xitoyda o'ynashimiz kerak edi, keyin bu o'zgardi. Ular ish olib borishadi va bizga variantlar berishadi. Keyin birgalikda qaror chiqaramiz.

- Markaziy himoya chizig'i haqida so'ramoqchi edim. Bu poziciyaga bir qancha yaxshi futbolchilar ham chaqirilmayapti. Masalan, bugun Hamraliev va Davronov Aliqulovga sheriklik qildi. Umuman olganda O'zbekistonda yaxshi himoyachilar ko'paydimi yoki yaxshi avlod chiqib qoldimi?

- Bu quvonarli holat. Ravshan Haydarov termasida ham yaxshi himoyachilar bor. Shunday turnirlarda ularni ham sinab ko'rsa bo'ladi. Kelajakda bu foydali bo'ladi. Himoyachi etishmay qolganida bemalol maydonga tushirsak bo'ladi. Mana Husanov turnirda o'ynay olmayapti. Shunday paytda boshqa himoyachini o'ynatish kerak bo'ladi. Bunday himoyachilar ko'p bo'lsa, ularni tayyorlab borish kerak. Himoyachilarning darajasi yomon emas, lekin ular o'sishda davom etishi kerak.

- Eronga qarshi o'yinda ikki hujumchi bilan o'ynab ko'rarmiz. Bu ularga syurpriz bo'lishi ham mumkin.

- Endi aytib qo'ysam syurpriz ham bo'lmay qoladi (kuladi). Tayyogarlik ko'ramiz va qaraymiz. Bu borada fikrlarimiz bor. Barchasi yaxshi bo'lishi kerak.

- Jahon chempionatiga ko'p vaqt qolmadi. Bu turnir uchun aniq rejangiz bormi yoki barchasini murabbiy nomi aniq bo'lganidan keyin tayyorgarlik bo'ladimi?

- Hozirgi aniq rejam CAFA turniri uchun edi. Mening termadagi taqdirim bo'yicha javobim yo'q. Vaziyatni barcha ko'rib turibdi. Bu haqda gapirish juda qiyin. Albatta, barchasi aniq bo'lguncha kutish kerak. Lekin rejalar yo'q emas. Oktyabr, noyabr oylarida yig'inlarimiz bor. Keyinchalik nimalar bo'lishini vaqt ko'rsatadi.



Reyting: +10   

Fikrlar

+12   
05 sen 23:28:59
Жамшид Jamshid
Хакамлар ёрдам берурса кейинги кафа турнирина яхши жамоалар келмиди. Уммон точно келмиди
+8   
06 sen 00:08:41
barselona7
Манимча жаҳон чемпионатига Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи сифатида иштирок этади. Унга омад тилашдан бошқа чорамиз йўқ.
+8   
05 sen 23:41:18
Rasul Xasanov
Кападзе кетиши керак хозир вакти обру борида кейин Кеч булади Зборни кузида олов юк хеч ким югурмай куйган хамма узича юлдузча буларни уйнатадиган уз сузига єга каттиккул мураббий четдан керак тактика нол судия синдириб берган камандани ютиб байрам килмайлик
+7   
06 sen 01:03:49
Azizxon Sodiqxojayev
pakhtakor PESS 2020 foydalanuvchining fikriga javob berish
Terma jamoa murabiyligiga Abramovni qaytishini xoxlagan shu ayrim kot muhlislar boladi. Oxiri nma boldi eplomadi. Endi shu kotla kapadze ketsin deyishadi tovuq miyala. Bular muhlismas bula kot kovlidigon. Ayollardan pas xezimla. Lekin bularni xammasini tan olishmidi. Xaqiqat shu. ( Uzur championat asia. Majbur boldim sokib yozishga.)
Абрамов керак эмас! У қайтса ўйинларни сотишни бошлайди.
+6   
06 sen 00:15:00
Davron Jenjayev
Rasul Xasanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Кападзе кетиши керак хозир вакти обру борида кейин Кеч булади Зборни кузида олов юк хеч ким югурмай куйган хамма узича юлдузча буларни уйнатадиган уз сузига єга каттиккул мураббий четдан керак тактика нол судия синдириб берган камандани ютиб байрам килмайлик
jinnimisiz siz yutti yana nima xoxlaysan sal kallangni ishlat
+4   
05 sen 23:45:04
Уткир Набиев
Хакамлар, хакамлар, бу муаммо бутун дунё футболида бор. Бу факт. Хамма хакамлар хам соткин булмаганидек, хамма хакамлар хам уз ишини устами булмас экан. Киргиз кушниларимиз хафа булишмасин , биз бундай хакамликдан хурсанд эмасмиз. Давлатлар аро мусобакага устоз курган мактаб курган хакамларни юборилишиини ОФКдан сураш керак....Хали элит лигасида кандай судялар кулиб турган экан.
+3   
06 sen 09:50:38
Азим Исмаилов
TOMJIQ_OLOT foydalanuvchining fikriga javob berish
Кападзе: "...Менинг термадаги тақдирим бўйича жавобим йўқ. Вазиятни барча кўриб турибди. Бу ҳақда гапириш жуда қийин..." ------------------------- Роса йиғладида шу. Нимаси қийин? Шартнома муддати 31-октябргача. Демак шунгача ишлашинг шарт. Меҳнат қонунчилигига кўра, ходим билан шартнома муддатини узайтириш ёки узайтирмаслик тўлиқ 100 фоиз Иш берувчи (ЎФА)нинг ҳуқуқи. Мадомики, бошқа бош мураббий изланмоқда экан, бу дегани ҳозирдан ҳаракатингни қилавер (бошқа иш топавер), биз энди энди бошқа тажрибали мутахассис билан шартнома тузмоқчимиз, дегани холос. -------------------------- Саволим: Нимаси тушунарсиз, жаноб Кападзе? Нега жавобинг йўқ? Нима учун гапириш қийин? Барчаси ойдек равшанку ахир!
Уфани копадзе буйича фикри узгармайди копадзе коламан деб хом хаел киляпти
+3   
06 sen 07:29:18
Otabek
Ё рақибни менсимай ўйнашябди, ё мотивация қолмади буларда хали оно креатив Машарипов дегани келса умуман тренерни кереги бўлмай қолади. Хориждан қўлида калтаги бор тренер топилар. Яна бир нарса хали Копадзени ўзини камандасиям йўқ Катанецдан қолган мутахасислар билан ишлаябди. Норм тренер олиб келолмаселар Кападзени иккилантирме шартнома тузилар у ҳам ўз камандасини шакллантирсин. Барибир ким кесаям максимал натижа гурухдан чиқиш бўлади.(бу боллар билан)
+3   
05 sen 23:45:09
Davlatjon Ismoilov
Eron Yaponya J.Koreya Avstralyani yutib qoygandek hursandligini bularni????
+3   
05 sen 23:42:56
Ochilov Farobiddin
Яна баланд парвоз олди кочди гаплар, такикланган шекилли тепадан. Хеч ким сурамайдиям нега бунака куп брак, уйинчилар югоролмаяпди, бу Кападзени илонга ухшаб силлик жавоб бераркан, дангал дангал гапир
+3   
05 sen 23:30:15
David Terezege
Jaxon chempionati rejalarini qilib turorin.
Katta extimol bilan sizni boshchiligizda Uzbekiston milliy terma jamoamiz Amerikadan jaxon chempioniligi kubogini Uzbekistonga olib kelamiz!
+2   
06 sen 12:16:17
ABZALHUJA
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Хакамлар ёрдам берурса кейинги кафа турнирина яхши жамоалар келмиди. Уммон точно келмиди
Кечаги уйиндан кегин манимча энди Киргизлар хам келмайди. CAFA турнирини Хиндистон, Афгонистон, Непал, Бангладешла билан утказамиза.
+2   
06 sen 08:39:04
1994 Nurafshon
Финалга Уммон хакли єди бизнинг жамоа гиромлик йулига утиб олди Кападзега келсак термага бир канча тортмайдигон футболчилар бор шулани уйнатаверса узокка бормайди.
+2   
06 sen 08:29:32
TOMJIQ_OLOT
3-4 та Кападзепараст чала журналистлар ўзаро тил бириктириб нуқул Кападзени мақтаб, шар каби шишириб, буюртма мақолалар ёзгани билан, мухлислар энди кечаги эмас, ҳаммани ўз қарашлари ва мустақил фикри бор!
+2   
06 sen 08:26:52
TOMJIQ_OLOT
2-таймда тўлиқ 1 та кам бўлиб қолган ўртамиёна рақибни ютиб, худди Япония ёки Австралияни ютгандай тутишини қаранг буни. Эҳ... Хуллас... Бизга хорижлик тажрибали мураббий керак, шарт ва лобуд!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика