"CAFA U-20 championship". Eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi to'purar O'zbekistondan

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 12:42
Tojikistonda bo'lib o'tgan “CAFA U-20 Championship” turnirida Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Turnir davomida o'zbekistonlik yoshlar barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, birorta ham gol o'tkazib yuborishmadi va 12 ochko jamg'argan holda musobaqa g'olibiga aylanishdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra O'zbekiston U-20 terma jamoasi “Fair Play” sovrinini qo'lga kiritdi. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi darvozaboni - Nematulloh Rustamjonov, eng yaxshi futbolchisi - Azizbek To'lqinbekov hamda musobaqa to'purari sifatida Quvonchbek Abraev etirof etildi.

photo_2026-05-19_20-47-40.jpgphoto_2026-05-19_20-47-39.jpgphoto_2026-05-19_20-47-41.jpgphoto_2026-05-19_21-56-11.jpgphoto_2026-05-19_20-47-41 (2).jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA