So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Rovshan Meredov: "Ushbu musobaqa orqali mundial ishtirokchisiga qarshi o'ynadik" Yangiliklar

Rovshan Meredov: "Ushbu musobaqa orqali mundial ishtirokchisiga qarshi o'ynadik"

CAFA Nations Cup 3-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'mon (1:2) uchrashuvidan so'ng Turkmaniston bosh murabbiyi Rovshan Meredov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Yigitlarga rahmat aytaman. Biz borimizni berdik. Men natija uchun emas, jarohat olgan futbolchilarim uchun ko'proq qayg' uryapman. Natijaga tasir ko'plab faktorlar tasir o'tkazdi. Ushbu musobaqadan maqsadimiz futbolchilarni ko'rib olish edi. Endi Osiyo Kubogi-2027 saralash musobaqasiga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak" - dedi Rovshan Meredov.

- Turkmaniston hisobni tenglashtirib olguncha qadar yaxshi o'ynadi...

- Gol o'tkazib yuborishimiz rejamizda yo'q edi, ammo gol o'yinga tuzgan rejamizni tubdan o'zgartirib yubormadi. Bunday musobaqalar bizga katta tajriba beradi. Bizga bunday musobaqalardagi ishtirok juda muhim. Masalan, O'mon bu yilning o'zidayoq bir nechta yirik uchrashuvlarda ishtirok etishga ulgurdi. Bizga esa bunday o'yinlar etishmayapti. Musobaqa tashkilotchilariga rahmat. Ushbu musobaqa orqali mundial ishtirokchisiga qarshi o'ynadik. Barcha uch o'yinda ham yomon o'ynamadik. Ayniqsa O'zbekistonga qarshi hujum ham uyushtirdik.

- Oktyabr oyidagi Osiyo Kubogi-2027 saralashi start oladi. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish qachon boshlanadi?

- Maqsadimiz Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish. Aytib o'tganingizdek bir oydan kamroq vaqt qoldi.

- O'mon terma jamoasining qaysi jihatlari Turkmanistonga ko'proq noqulaylik tug'dirdi?

- Men raqib jamoa haqida fikr bildirishni istamayman. Sababi men o'z jamoamga bor etiborimni qaratgan edim. O'mon - yaxshi shakllangan kuchli jamoa.

- "Arqadag'" jamoasi bir necha kundan so'ng "Andijon"ga qarshi OCHL2 musobaqasida to'qnash keladi. Ushbu uchrashuvdan nimalar kutmoqdasiz?

- "Arqadag'" haqida hech nima demayman. O'zingiz ko'rib, bilib olishingiz mumkin. Turkmaniston klublariga xalqaro maydonda muxlislik qilaman. "Andijon" o'z raqibini yaxshi o'rganib chiqishi kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика