So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

O'mon terma jamoasi murabbiyi: "Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo bor-yo'g'i ikkita gol urdik" Yangiliklar

O'mon terma jamoasi murabbiyi: "Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo bor-yo'g'i ikkita gol urdik"

CAFA Nations Cup 3-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'mon (1:2) uchrashuvidan so'ng O'mon terma jamoasi murabbiyi Rojer De Sa matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bu g'alaba. Fantastik darajagi o'yin namoyish etdik deya olmayman, sababi ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Endi guruh g'olibini keyingi uchrashuv aniqlab beradi. Bugun bir nechta yangi futbolchilarga imkoniyat berib ko'rdik. Asli maqsadimiz ham shu. Shunday o'yinlar orqali JCH saralashi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish" - dedi murabbiy.

- Ushbu musobaqa davomida O'mon terma jamoasi Markaziy Osiyoning uch nafar jamoasiga qarshi o'ynadi. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari futboli haqida qanday xulosaga keldingiz?

- Jismoniy jihatdan kuchli futbolchilar va yaxshi atletlar. Raqiblarimizning barchasi dastlabki 10-15 daqiqani juda yaxshi o'tkazishdi. Aytib o'tganimdek, ushbu mintaqa jamoalari jismoniy jihatdan kuchli ekan.

- O'mon himoyasida xatolar ko'pdek. Ushbu kamchilik bartaraf etilmasa, Qatar va BAA O'monni osonlikcha jazolab qo'yishi mumkin...

- Ha, dastlabki ikki uchrashuvda himoyachilarimizni o'zagrtirdik. Rotaciyaga qo'l urib kelmoqdamiz, ayrim vaziyatlarda jarohat sabab. 

- O'mon terma jamoasining guruh bosqichidagi ishtirokiga qanday baho berasiz. Jamoangiz uch o'yinda 7 ochko to'play oldi...

- Yomon emas, masalan, O'zbekistonga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Biz ko'proq vaziyatlar yaratgan edik. Musobaqadan avval guruh bosqichida 7 ochko to'play olishimizni bilganimda, yomon natija emas degan bo'lardim. Hujum chizig'idagi muammolar bilan duch kelmoqdamiz. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo bor-yo'g'i bir nechta gol urdik.

- O'mon chempionati endi boshlandi. Nima deb o'ylaysiz, oktyabr oyiga qadar futbolchilar yaxshiroq formaga kirib oladimi? Sababi chempionat endi boshlangan va ko'pchilik futbolchilar o'zining eng yaxshi formasida emas.

- Umid qilamanki shunday bo'ladi. Ushbu musobaqadan so'ng futbolchilar o'z klublariga qaytib borishadi va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib, yangi kuchlar to'plab yana terma jamoaga qaytishadi. Oktyabr oyidagi saralash o'yinlariga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика