Rasman: Mbappe Ispaniya Superkubogini o'tkazib yuboradi
06 jan 17:50
Yangiliklar
Rasman: Mbappe Ispaniya Superkubogini o'tkazib yuboradi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe tizza bo'g'imidagi jarohat sabab Ispaniya Superkubogi o'yinlarida ishtirok etmaydi.
Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Franciyalik forvard Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Ispaniya Superkubogini o'tkazib yuboradi. Bunga sabab — avvalroq olingan chap oyoq tizzasidagi bog'lamlar cho'zilishi bilan bog'liq jarohat. Klubning tibbiy shtabi xavf-xatarlarni istisno qilgan holda, futbolchini to'liq sog'ayishga qaratilgan konservativ davolash usulini tanladi.

Manbaga ko'ra, Mbappe allaqachon yarim final uchrashuvi uchun qaydnomadan chiqarilgan va umuman turnirda ishtirok etishi imkonsiz deb topilgan. Klub hujumchini tezlashtirilgan tarzda qaytarishdan voz kechib, aniq muddatlar belgilamasdan bosqichma-bosqich tiklanish yo'lini tanlagan. Futbolchi uchun asosiy tavsiya — dam olish hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar