Eden Azar VARni bekor qilish tarafdori
11 mar 23:06
Yangiliklar
Eden Azar VARni bekor qilish tarafdori
"Chelsi" va "Real" klublarining sobiq futbolchisi Eden Azar VAR haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U videotakrorlar tizimini bekor qilishini aytdi.
"Futboldagi adolatsizlikning o'ziga yarasha afzalligi bor, garchi bu bizga qarshi qaratilgan bo'lsa va biz muxlislar bunga ko'nikishimiz qiyin bo'lsa ham. VAR juda ko'p hissiyotlarni olib qo'yadi. Torgan Azarning o'yinini tomosha qildim. "Leven"dagi yigit yaxshi gol urdi, lekin u besh daqiqa kutdi, golni hisobga olishadimi yoki yo'qmi, bilmadi. Shundan keyingina uni nishonladi. Bu yomon. Shuning uchun VARdan qutulgan bo'lardim”, — dedi Azar.
Eslatib o'tamiz, Torgan Azar Eden Azarning ukasi hisoblanadi. Hozir u "Anderlext" sharafini himoya qilmoqda, "Leven" bilan o'yin esa fevral oyi oxirida bo'lib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar
Barsa esa chelsi bn uynagandaqa yana uynaydi xullas ushbu 2 ta klub yana yayrashni boshlaydi
Var bekor bulgandan sung 7 yil ichida 2 marta ispanlar chl ni yutdi var bekor bulishidan 7 yil oldin esa 5 ta siga ispanlar chl golibi buldi statiska shuni kursatyaptiki var paydo bulgandan sung shaffofli uyinlar kupaygan