Azar faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyini tanladi
05 fev 22:57
Yangiliklar
Azar faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyini tanladi
- Sarridan boshlab, Anchelottida yakunlashimiz mumkin. Faoliyatingiz davomida ko'plab italyan murabbiylar bilan ishladingiz.
- Bu to'g'ri, ularning qo'l ostida ko'plab o'yinlar o'tkazdim. Sarri bilan o'zgacha munosabatda edik: uning futbolga bo'lgan qarashi meniki bilan o'xshash. Biroq bazida uning ayrim mashg'ulotlari zerikarli ekanligini aytardim. Bu tanqid emas, ayrim paytlarda natija ham buni aks ettirardi. Konte bilan ham shunday holat bo'lgan: Antonio aqlbovar qilmas darajada ishladi, lekin biz doimo bir xil ishni to'xtovsiz qilaverardik.- Siz bilan ishlagan eng yaxshi murabbiy kim?
- U italiyalik emas, lekin uni juda yaxshi bilasiz: Mourinyu - suhbatlar qiroli. Uning fikrlashi va g'oyalarini futbolchilariga singdirishi meni lol qoldirgan, - dedi "Real" va "Chelsi" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi.
Azar va Mourinyu birgalikda "Chelsi"da ishlashgan. Futbolchi portugaliyalik qo'l ostida 2014/15 yilgi mavsumda APL chempioni bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar