Superliga. "Andijon" oxirgi bor "Neftchi"ni Farg'onada qachon enggan?
09 mar 16:43
Yangiliklar
Superliga. "Andijon" oxirgi bor "Neftchi"ni Farg'onada qachon enggan?
"Neftchi" o'z maydonida Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon"ni qabul qiladi. Bu ikki jamoa ayni kunga qadar Farg'onada 26 marotaba to'qnash kelgan. Bu uchrashuvlarda 21 bor mezbonlarning qo'li baland kelgan, 3 ta bahsda durang kuzatilgan, 2 ta o'yinda "burgutlar" g'alabani o'ziniki qilgan.
"Andijon" "Neftchi"dan oxirgi marta safarda 2016 yilgi mavsumda ustun kelgan. Farg'onadagi so'nggi 3 o'yinning 2 tasida durang, 1 tasida maydon egalari 3 ochkoli bo'lgan.
Superliga-2016
19-tur
19.08.2016. "Istiqlol" stadioni
"Neftchi" – "Andijon" 1:2
Gollar: Mansur Saidov – Farhod Bekmuratov, Shukurali Po'latov
"Neftchi": O'tkir Yusupov, Dilyorbek Irmatov, Shukurali Po'latov, Sardor Rahmonov, Anvarjon G'ofurov, Mansur Saidov, Sherzod Hakimov, Abbos Maxstaliev, Muhsin Ubaydullaev, Umid Qodirov, Nikita Pavlenko.
"Andijon": Akmal Tursunboev, Daniel Ilesku, Obid Jo'raboev, Azamat Isroilov, Bobir Akbarov, Ibrohim Otaxonov, Pavel Smolyachenko, Elman Tagaev, Dilshod Jo'raev, Farhod Bekmuratov, Ro'zimboy Ahmedov.
Malumot uchun, o'yin ertaga 19:00 da "Istiqlol" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar
Bugun dublda 11 metrlik jarima topini tusdi
Shunga durangga oynaylar.Chempion bilan durang oynadi deb xursand bolamiz.Anjon muxlisi