O'zbekiston chorak finalda. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi
09 mar 16:21
Yangiliklar
O'zbekiston chorak finalda. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi
O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"B" guruhidan joy olgan O'zbekiston KXDR, Xitoy va Bangladesh terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Vakillarimiz o'tkazilgan 3 o'yinda 1 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etib, umumiy hisobda 3 ochko jamg'ardi. Guruhda Xitoy 9 ochko bilan 1-o'rinni egalladi, KXDR 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bangladesh esa barcha o'yinlarda mag'lub bo'lib, guruhni tark etdi.
Turnir reglamentiga ko'ra, guruhlarda uchinchi o'rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lganlar pley-off bosqichiga yo'l oladi. Uchinchi o'rinni egallagan jamoalar reytingida O'zbekiston terma jamoasi 3 ochko bilan Vetnamdan keyin 2-o'rinni band etdi. Filippin terma jamoasi ham 3 ochko to'plagan bo'lsa-da, to'plar farqi evaziga vakillarimiz ularni ortda qoldirib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Pley-off to'riga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi boshqa guruhlardagi natijalar yakuniga ko'ra aniqlanadi. O'zbekiston qizlari quyidagi ikki scenariydan biri asosida o'ynaydi:
14 mart kuni Sidney shahrida "A" guruhida g'olib bo'lgan Koreya Respublikasi terma jamoasiga qarshi.
Yoki 15 mart kuni Sidney shahrida "C" guruhi g'olibiga qarshi.
Chorak final bahslari katta ahamiyatga ega, chunki Osiyo Kubogining eng yaxshi 6 jamoasi 2027 yilgi Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Agar O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda g'alaba qozonsa, mundial yo'llanmasini naqd qiladi. Mabodo mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham, vakillarimizda imkoniyat saqlanib qoladi: chorak finalda yutqazgan jamoalar 19 mart kuni Gold-Kost shahrida bo'lib o'tadigan o'tish o'yinlarida ishtirok etadi va qolgan yo'llanmalar uchun kurashni davom ettiradi. O'tish o'yinlarida chorak finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar o'zaro bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar