So’nggi yangiliklar

16:25Суперлига. "Сурхон" – "Бунёдкор" 0:0 (матнли трансляция)  1 16:16Эрон терма жамоасининг бир қисми ватанга қайтди: Намойишчилар уларнинг учиб кетишига тўсқинлик қилишга уринди  0 15:20Лапорта Мессининг кетиши ҳақида: "Тебас тарихдаги энг яхши футболчининг Ла Лигада қолишига қарши эди"  3 15:08Кўча футболи бўйича энг йирик чемпионат Ўзбекистонга қайтмоқда  0 14:37Пулписнинг Ўзбекистондаги учинчи саргузашти. Вазифа ўзгармаган, лекин бу сафар авлод бошқа  1 14:17Расман: "Каттақўрғон" словениялик легионер ва "Динамо" собиқ футболчисини қўшиб олди  2 14:10Собиқ ҳакам Фернандес "Барса"нинг пенальтиси ҳақида: "Бу яққол 11 метрлик жарима зарбаси. Секундомер алдамайди"  14 13:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. Суперлига-2026. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:2  0 13:18Тудор: "Мен ўзимни "Тоттенхэм" мураббийи ролига тўлиқ мос тушаман деб ҳисоблайман"  5 12:41Катулонди Кати: "Умид қиламанки, Ўзбекистон билан жаҳон чемпионатида учрашамиз"  3 12:27Трамп рухсат берди: Эрон терма жамоаси ЖЧ-2026 да аниқ иштирок этади  25 12:19"Бухоро"нинг ғалабали юриши давом этадими? Термиз ва Тошкентда фаворит аниқ — Эксперт фикри  3 12:01Суперлига. "Навбаҳор" ХХI асрда илк бор "Пахтакор"ни сафарда ютди  1 10:48Слот: "Биз учун бундай шароитда ўйнаш қийин бўлди"  4 10:22Флик кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  8

Futbolning noni qattiq Yangiliklar

Futbolning noni qattiq

So'nggi paytlarda yuz berayotgan klublardagi moliyaviy holat bilan bog'liq vaziyat jamoatchilik etiborini chetlab o'tmayapti.

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramovning futbolchilar to'rt oydan beri maosh olmayotgani haqidagi gapi, "Nasaf", "Bunyodkor", "Buxoro" kabi klublarni moliyalashtirish to'xtatilgani, "Surxon" jamoasining 8 nafar futbolchisi "Neftchi" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmagani va bu holat futbolchilarning maoshsiz qolayotgani sabab maydonga tushishdan bosh tortgani bilan izohlangani hamda ikki haftacha oldin "Olimpik" klubi murabbiyi va futbolchilarining o'tgan yilgi bir necha oylik maoshi qolib ketgani haqidagi video murojaati va boshqa holatlar kun mavzusiga chiqdi.


O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqib, mundial yilida bu kabi holatlarning quloqqa eshitilishi og'ir botadi. Falon pulga xorijlik murabbiyni olib kelamiz, murabbiy eng shimarib ishlash kerak bo'lganda futbolchilarning moliyaviy qiyinchilikni boshdan kechirayotgani murabbiy ishiga ham tasir qiladi. O'yinchilar xayolida qachon oylik tusharkin savoli aylanaveradi. Murabbiy va futbolchilardan professional bo'lishni talab qilamiz va ular shunday bo'lishga harakat qilyapti ham. Hech kim ishini tashlab ketib qolgani yo'q. Lekin bir necha oy maoshsiz qolish baribir har bir insonga, uning ishga bo'lgan munosabatiga tasir ko'rsatadi.

O'tgan yil mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, 4-o'rinni qo'lga kiritgan va O'zbekiston Kubogi yarim finaliga qadar etib kelgan "Dinamo" futbolchilarining 4 oydan buyon maoshsiz qolayotganini eshitish juda tasirli. Abramov to'g'ri aytdi: bu holat jamoaga qattiq tasir qilyapti. Axir futbolchilarning ham oilasi va kundalik tashvishlari bor. Faraz qiling, kimdadir qarz, kimningdir krediti, yana kimdadir bo'lib to'lashga xarid qilgan narsasi bo'lishi mumkin va bu o'rinda hech kimga oson tutib bo'lmaydi. Oy shunday tez o'tadiki, to'lov muddati kelganini sezmay ham qolasiz.

Bu o'rinda futbolchilarni to'g'ri tushunish kerak, ularning vazifasi har kunlik mashg'ulotda ishtirok etib futbol o'ynash. Hammada ham qo'shimcha ish qilish imkoni yo'q. Professional futbolchi toki faoliyatini tugatguniga qadar faqat futbolni o'ylaydi. U bitta rejim asosida ish olib boradi. Qo'shimcha ish bilan shug'ullanmaydi, aytaylik murabbiylik qilib ro'zg'or tebratmaydi. Ko'pchilik futbolni tugatib, shundan so'ng murabbiylikka o'tadi. Mana shunday vaziyatda baribir professional futbolchi uchun maosh birinchi o'rinda turadi. Axir ular haftada besh kun boshqa joyda ishlab, shanba-yakshanba kunlari maroqdan to'p tepayotgani yo'q. Ularning hayoti futbol, ular futbolchi bo'lish maqsadida 5-6 yoshdan shuni tanlagan va juda ko'pchilik boshqa kasb-hunarni birgalikda olib ketmasdan faqat futbol bilan ovora bo'ladi.

Bir necha oylab oylik olmaslik hammani o'ylantirib qo'yadi. Lekin professional futbolchi mehnat qilishda, mashg'ulotlarda qatnashishda va o'yinga chiqishda davom etadi. Chunki uning hayot tarzi bir necha o'n yildirki shunday bo'lib qolgan. Shu bois birdaniga futbolni tugatish oson kechmaydi va bu holat hammaga har xil tasir qiladi.

Shu yilning 19 fevral kuni O'FA anjumanlar zalida futbol klublarini moliyalashtirish yuzasidan katta majlis bo'lib o'tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko'tarilgani, yig'ilish qatnashchilariga turli variantlar taqdim etilganidan xabarimiz bor. 2030 yilga qadar klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish rejasi borligini, lekin bu birdaniga amalga oshmasligini juda yaxshi tushunamiz. Klublarni to'liq xususiyga aylantirish birdaniga yuz berib qolmaydi, bu holat keyingi 10-20 yillikni ham o'z ichiga olishi mumkin.

Yirik kompaniyalar tomonidan futbolni moliyalashtirishni to'xatish va bugundan boshlab sen xususiysan deyish har qanday professional klubni qarz botqog'iga botiradi, O'zbekistonda hech bir klub bunga tayyor emas. Xususiy klublarni tuzish oson, ammo faoliyatini taminlash nihoyatda qiyin ekanini "Obod", "Turon" kabi jamoalar misolida ko'rdik. Klublar tabiiy yo'l bilan xususiyga aylanishi kerak. Xususiy bo'lishing shart qabilida ish tutish hatto etakchi jamoalarimizni ham moliyaviy tubsizlikka tushirib qo'yadi. Hatto pul nihoyatda ko'p Saudiya Arabistonida ham davlat aralashuvisiz klublar hozirgidek kuchli byudjetga ega bo'lmasdi va Evropadan mashhur futbolchilar kelmagan bo'lardi.

O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan yili ikki klubimiz xalqaro maydonda o'zini ko'rsata olmadi. "Nasaf" Elit OCHLda, "Andijon" esa OCHL 2da guruhda qolib ketdi va bu holat ochko yig'ishimizda salbiy tasir ko'rsatdi. Mana endi terma jamoa mundialga boradigan yilda aksar klublar moliyaviy qiyinchilikka duch kelib qolyapti. Bu esa milliy futbolimiz rivojiga albatta tasir qiladi. O'z navbatida terma jamoaga chaqiriladigan futbolchilarga ham tasir ko'rsatadi. Shu bois muammoni tezlik bilan ijobiy tomonga barataf etish lozimki, hamma turli xayollar qolib o'z ishi bilan band bo'lsin. Umuman har qanday sohada moliyaviy barqarorlik shu soha rivojiga turtki berishini eslatib o'tish kifoya deb o'ylaymiz. 


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
08 mar 16:15:54
Abdulaziz Turdibekov
xalqaroda bo'qam qilalmagandan keyin to'xtatadida homiylikni naxxoy kere pul sovurib natija yo'q Nasaf deysanla chichdi Andijon ikkovi botmonde qilib
+1   
08 mar 21:42:21
Azizbek Rustamovich
Futbolchilar och qoladi deb vahima qilmanglar. Futbolchilar yil boshida otni kallasiday qilib ko‘tarma puli oladi. Oddiy aholi orzu qiladigan pul bo‘ladi bu. Klublarni erta kunda byudjetini tugatib qo‘yadigan ham shu ko‘tarma pullari. Futbolchilar ham har yili ko‘tarma pulini shitir sanab olish uchun atay bir yillik shartnoma tuzadilar. Bu esa klublarni faqat uchma uch yurishga majbur qiladi.
+1   
08 mar 16:24:57
FK Liverpool
Агар шу қарздордик тўгрисидаги мақола навбахор ёки нефтчи тўғрисида езилгандами хозир коментлар тўлиб кетарди бази ачишиб кетадиган негативчилар билан
   
08 mar 18:50:10
. ..
Тогриси насафдан яхши фойдаланилса болади. Яни рахбарият Розикул акага катта шартнома бериб.бизга 1,2,3 оринлар шартмас лекин сиз академия дан Хар йили 6-7 футболчини асосий таркибга тайорлайсиз, Хар мавсум биз 3-4 та сиздаги очилиб кетган у́йинчиларни яхши пулга сотамиз деб келишса болади. Шундок хам шу ишлар боляпти, факат насаф ва Розикул акадан натижа талаб килишяпти.
   
08 mar 16:24:51
PFCNasaf (O‘zbekiston)
Abdulaziz Turdibekov foydalanuvchining fikriga javob berish
xalqaroda bo'qam qilalmagandan keyin to'xtatadida homiylikni naxxoy kere pul sovurib natija yo'q Nasaf deysanla chichdi Andijon ikkovi botmonde qilib
Сени гапинг бизга бир тийин, ит хурар карвон утар дейдилар хамма нарса маблағга бориб тақалади бизда арабларда бор шароит хеч қачон бўлмайди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика