Eden Azar “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
08 noy 2013 14:42
Yangiliklar


Eden Azar “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
“CHelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar, Angliya chepmpionati 11-turidan o'rin olgan “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sports.
Azar mashg'ulotlarga kech qolgani sababli shu hafta bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi o'yinlari doirasida “SHalke”ga qarshi bahsda maydonga tushirilmagan edi. Futbolchi dam olish kunlari Franciyaga borgan va malum bir sabablarga ko'ra Londonga vaqtida etib kela olmagan. SHuning uchun “CHelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino uni mashg'ulotlardan chetlashtirgan edi.

Fikrlar