Edegor “Real”ga qaytmoqchi emas
14 apr 2020 01:18
Yangiliklar
Edegor “Real”ga qaytmoqchi emas
“Real Sosedad” jamoasida ijara asosida to'p tepayotgan “Real” yarim himoyachisi Martin Edegor mavsum yakunida Madridga qaytmoqchi emas.
Futbolchining ijara shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Edegor San-Sebastyanda o'zini baxtli his etmoqda va buni u allaqachon “Real” rahbariyatiga malum qilgan.
Futbolchining maqsadi faoliyatining hozirgi bosqichida La Ligada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib, keyinchalik “Santyago Bernabeu”ga qaytmoqchi.
Ilgariroq qirollik klubi joriy mavsum yakunida norvegiyalik futbolchini ortga qaytarish haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikrlar