So’nggi yangiliklar

21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  18 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  1 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  9 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  14 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0

ECHL. "Liverpul"ning eng yaxshi 7 safar o'yini Yangiliklar

ECHL. "Liverpul"ning eng yaxshi 7 safar o'yini

"Liverpul" jamoasi "Bavariya" ustidan qozongan g'alabasi orqali Yurgen Kloppning qizillar ustoziga aylanganidan beri eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi.

Birinchi o'yinda golsiz durang qayd etilgan uchrashuvdan so'ng, mersisaydliklar Sadio Manening dubli va van Deykning goli evaziga ishonchli 3:1 hisobida g'alaba qozonib, myunxenliklarni musobaqadan chiqarib yubordi.

SHu va bundan qiziqarli kechgan "Liverpul"ning safar o'yinlarida ko'rsatgan namoyishlarini yodga olamiz. Albatta, 2005 yil Istanbulda kechgan bahs ajoyib va esda qolarli bo'lsa ham, neytral maydonda o'tkazilgan"Liverpul" - "Milan" 3:3 o'yini kiritilmadi. 


7. PSV 0-3 "Liverpul" (2007)

Ronald Kumanning PSV klubiga qarshi ECHLning chorak final bahsida qizillar yarim finalga chiqish uchun ancha qiynalishgan. Ushbu o'yinda Stiven Jerrard, Yon Arne Riyse va Piter Krouch "Liverpul" joniga oro kirib intizorlik bilan kutilgan kechani taqdim etgan. 

Mazkur o'yini orqali jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitez klassik futbol namoyish etgan. 2005-yildagi  Istanbulda o'tkazilgan final, ularni UEFA CHempionlar Ligasining beshinchi kubogini taqdim etadi. O'sha mavsum finalda Italiyaning "Milan" jamoasini ajoyib "kambek" evaziga dog'da qoldirgan mersisaydliklar, 2007-yil Afinada o'tkazilgan musobaqa finalida bu safar milanliklarga imkoniyatni boy berib qo'yadi - 1:2. 


03.04.2007

PSV - "Liverpul" 0:3

«PSV» (Eyndxoven), 35 000 tomoshabin

Hakam: Layek Bertran (Vann, Franciya)

Gollar: 0:1 — 27 Jerrard, 0:2 — 49 Riyse, 0:3 — 63 Krauch.

PSV — Eurelio Gomes, Yan Kromkamp (CHaba Fexer, 68), Manuel da Koshta, Karlos Salsido, Mika Vyayrinen, Jeyson Kulina, Edison Mendes (Patrik Klyuvert, 51), Timmi Simons, Filip Koku, Diego Tardelli, Jefferson Farfan (Sun Syan, 46).

Liverpul — Pepe Reyna, Jeymi Karrager, Stiv Finnen, Yon-Arne Riyse (Budeveyn Zenden, 66), Fabio Aurelio (Mark Gonsales, 75), Daniel Agger, Stiven Jerrard, Xabi Alonso, Xaver Maskerano, Piter Krauch (Jermeyn Pennant, 85), Dirk Kuyt.

Ogohlantirishlar: Maskerano (39), Klyuvert (64), Fexer (72), Kuyt (90).

Javob o'yini — 0:1.


6. "Portu" 0-5 "Liverpul" (2018)

Portugaliya grandiga qarshi "Liverpul"ning mazkur o'yini  mersisaydliklar 9 yil ichida birinchi marta pley-off bosqichida ishtirok etayotganligini ko'rsatib turardi. "Portu" Klopp jamoasi uchun murakkab jamoaga aylangan va  o'sha mavsum davomida faqatgina Lisabonning "Sporting" klubiga qarshi ikkita o'yinda ham yutqazgandi. "Liverpu"ning hujum chizig'idagi triosi uchun atalgan kechada "ajdarlar" mehmonlarga yirik hisobda imkoniyatni boy berishadi. 

Bu o'yin o'tgan yili o'tkazilgan va mavsum oxirida Klopp va uning jamoasidan yana omad yuz o'giradi. Madridning "Real" klubi Kievda bo'lib o'tgan final uchrashuvida 3:1 hisobida g'alaba qozongani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.


14.02.2018

"Portu" - "Liverpul" 0:5

Dragau (Portu, Portugaliya), 47 718 tomoshabin

Hakam:  Daniele Orsato (Italiya)

Gollar: 0:1 — 25 Mane, 0:2 — 29 Salah, 0:3 — 53 Mane, 0:4 — 69 Firmino, 0:5 — 85 Mane.

Portu —  Joze da Sa, Rikardu, Aleks Telles, Diego Reyes, Ivan Markano, Ektor Errera, Otavio (Xesus Korona, 46), Serjiu Oliveyra, Tikino (Gonsalo 

Pasensa, 74), Mussa Marega, Yasin Braimi (Majis Uoris, 62). Bosh murabbiy: Serjiu Konseysau.

Liverpul — Lorius Karius, Endryu Robertson, Deyan Lovren, Virjil van Deyk, Trent Aleksandr-Arnold (Jozef Gomes, 79), Jordan Xenderson (Joel Matip, 75), Jeyms Milner, Muhammad Salah, Roberto Firmino (Denni Ings, 80), Sadio Mane. Bosh murabbiy: Yurgen Klopp.

Javob o'yini — 0:0.



5. "Real Madrid" 0-1 "Liverpul" (2009)

Isroillik Yossi Benayunning goli o'yin taqdirini hal qilgan. O'sha paytlari "Blankos" safida Fabio Kanavvaro, Aren Robben va Raul sinagri top 

futbolchilar o'ynashgan. Ushbu qarama-qarshilikda Rafa Benites jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:0 hisobida g'alaba qozonganini aytish kerak. 


25.02.2009

"Real Madrid" - "Liverpul" 0:1

Santyago Bernabeu (Madrid, Ispaniya), 85 000 tomoshabin

Hakam: Roberto Rozetti (Italiya)

Gol: 0:1 — 82 Yossi Benayun.

Real Madrid — Iker Kasilyas, Pepe, Serxio Ramos, Fabio Kannavaro, Marselo (Guti, 46), Gabriel Xaynce, Fernando Gago, Aren Robben, Lassana Diarra, Raul, Gonsalo Iguain. Bosh murabbiy: Xuande Ramos

Liverpul — Pepe Reyna, Fabio Aurelio, Alvaro Arbeloa, Jeymi Karrager, Martin SHkrtel, Albert Riera (Stiven Jerrard, 88), Xabi Alonso, Yossi Benayun, Xaver Maskerano, Fernando Torres (Rayan Babel, 62), Dirk Kuyt (Lukas Leyva, 90+2). Bosh murabbiy: Rafael Benites.

Ogohlantirishlar: Kannavaro (47), Torres (56), Maskerano (67), Riera (83), Gago (87).

Javob o'yini — 0:4.



4. "Yuventus" 0-0 "Liverpul" (2005)

CHorak finalning birinchi bahsidan so'ng "Liverpul" ustunlikka ega bo'lib turgan edi. "Enfild"dagi ilk o'yinda 2:1 natijasida g'alaba qozongan jamoa, turinda Alessandro Del Piero va Zlatan Ibragimovichi bor jamoa maydonida himoyaviy master-klass ko'rsatib g'alabaga teng durangga erishadi. Stiven Jerrardsiz o'tgan o'yinda Jimi Traore va Igor Bishchan singari futbolchilar "keksa senora"ga qarshi ishonchli harakat qilishgan.

Keyinchalik ispaniyalik mutaxassis boshqaruvida yarim final bosqichida Joze Mourinoning "CHelsi" klubi ham mag'lub etilib, Istanbulda o'tkazilgan finalga yo'l oladi va... qolganini juda yaxshi bilasiz.


13.04.2005

"Yuventus" - "Liverpul" 0:0

«Delle Alpi» (Turin), 55 464 tomoshabin

Hakam: Valentin Ivanov (Rossiya)

Yuventus —  Janluiji Buffon, Fabio Kannavaro, Lilian Tyuram, Janluka Zambrotta, Paolo Montero (Janluka Pessotto, 83), Mauro Kamoranezi (Stiven Appia, 84), Emerson, Pavel Nedved, Ruben Olivera (Marselo Salayeta, 46), Alessandro Del Pero, Zlatan Ibragimovich. Bosh murabbiy: Fabio Kapello. 

Liverpul — Eji Dudek, Jeymi Karrager, Stiv Finnen, Sami Xyupiya, Yon-Arne Riyse, Jimmi Traore, Xabi Alonso, Luis Garsiya (Antoni Le Tallek, 85), Antonio Nunes (Vladimir SHmicer, 58), Igor Bishchan, Milan Barosh (Djibril Sisse, 75).

Ogohlantirishlar: Alonso (29), Montero (52), Ibragimovich (62), Zambrotta (65), Emerson (75), Finnen (78).

Birinchi o'yin — 1:2.



3. "Manchester Siti" 1-2 "Liverpul" (2018)

Pep Gvardiolaning kuchli jamoasi "Manchester Siti" birinchi o'yinda "Liverpul" maydonidan juda yomon kayfiyatda uyga qaytishadi. Javob o'yinida 3:0 natijasini yo'qqa chiqarish uchun harakat qilgan "shaharliklar" o'yini yaxshi boshlaydi va Gabriel Jesusning 2-daqiqada kiritgan goli ular hali taslim bo'lmaganini ko'rsatib turardi. Biroq, Klopp jamoasi vahimaga tushmaydi va germaniyalik murabbiy qo'lostida ECHLda eng yaxshi o'yinlardan biri namoyish etiladi. Salah va Firmino so'nggi 10 yilda birinchi bor "Liverpul"ni UEFA musobaqasining yarim finaliga olib chiqishadi. 


10.04.2018

"Manchester Siti" - "Liverpul" 1:2

«Etixad Stedium» (Manchester), 53 461 tomoshabin

Bosh hakam: Mateu Laos (Ispaniya)

Gollar: 1:0 — 2 Jezus, 1:1 — 56 Salah, 1:2 — 77 Firmino.

Manchester Siti — Santana Ederson, Nikolas Otamendi, Kayl Uoker, Emerik Laport, David Silva (Serxio Aguero, 66), Fernandino, Kevin de Bryuyne, Rahim Sterling, Leroy Sane, Bernardu Silva (Ilkay Gyundogan, 74), Gabriel Jezus. Bosh murabbiy: Pep Gvardiola.

Liverpul — Lorius Karius, Deyan Lovren, Virjil van Deyk, Endrb Robertson, Trent Aleksandr-Arnold (Nataniel Klayn, 81), Jeyms Milner, Jorjino Veynaldum, Aleks Oksleyd-CHemberlen, Roberto Firmino (Ragnar Klavan, 81), Muhammad Salah (Denni Ings, 90), Sadio Mane. Bosh murabbiy: Yurgen Klopp. 

Birinchi o'yin — 0:3. 



2. "Bavariya" 1-3 "Liverpul" (2019)

Yaqinda bo'lib o'tgan va uning muhokamasi sovub ulgurmagan uchrashuv. Dvstlabki o'yinda 0:0 natijasidan keyin, "Alyanz Arena"da o'tkaziladigan javob o'yinida muxlis-u mutaxassislar maydonning shunchaki "yonishi"ni tahmin qilishgan edi. Amalda ham deyarli shunday bo'ldi. Biroq, Manening ikkita goli va van Deykning boshi bilan bergan ajoyib zarbasi o'sha kuni mezbon jamoa muxlislari hafsalasini pir qilgani bor gap.   


13.03.2019

"Bavariya" - "Liverpul" 1:3

Alyanc-Arena (Myunxen, Germaniya), 68 145 tomoshabin

Bosh hakam:  Daniele Orsato (Italiya)

Gollar: 0:1 — 26 Mane, 1:1 — 39, avtogol Matip, 1:2 — 69 van Deyk, 1:3 — Mane.

Bavariya — Manuel Noyer, Rafinya, Davdid Alaba, Niklas Zyule, Mats Xummels, Tyago Alkantara, Xavi Martines (Leon Gorecka, 72), Xames Rodriges (Renatu Sanshesh, 79), Frank Riberi (Kingsli Koman, 61), Serj Gnabri, Robert Levandovski. Bosh murabbiy: Niko Kovach (Xorvatiya).

Liverpul — Alisson Bekker, Endryu Robertson, Joel Matip, Trent Aleksandr-Arnold, Jordan Xenderson (Fabino, 13), Jeyms Milner (Adam Lallana, 87), Jorjino Veynaldum, Muhammad Salah, Roberto Firmino (Divok Origi, 83). Bosh murabbiy: Yurgen Klopp.

Birinchi o'yin — 0:0.



1. "Barselona" 1-2 "Liverpul" (2007)

Mazkur to'qnashuvda "Liverpul" juda ham tajovuzkor o'ynagan kataloniyaliklarga qarshi aqlli va ahil jamoa sifatida namoyon bo'ladi. Aynan ushbu qaramaqarshilikda Ronaldino, Messi, Saviola va Deku kabi futbochlilar o'z mahoratini ko'rsatib "Kamp Nou"ni larzaga solgan ersa-da, yakunda Kreyg Bellami va Yon-Arne Riysening gollari mersisaydliklarga g'alaba taqdim etadi. Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi deb aytishadiku. Keling yaxshisi, o'zingiz ham ushbu to'qnashuv atmosferasidan bahramand bo'ling. 


21.02.2007

"Barselona" - "Liverpul" 1:2 

Kamp Nou (Barselona, Ispaniya), 95 000 tomoshabin

Bosh hakam: Kiros Vassaras (Greciya)

Gollar: 1:0 — 14 Deku, 1:1 — 43 Bellami, 1:2 — 74 Riyse.

Barselona — Viktor Valdes, Juliano Beletti, Rafael Markes, Karles Puyol, Janluka Zambrotta, Tyago Motta (Andres Inesta, 54), Xavi (Lyudovik Jyuli, 65), Ronaldino, Souza Deku, Lionel Messi, Xaver Saviola (Eydur Gudyonsen, 82). Bosh murabbiy: Frank Raykard (Gollandiya).   

Liverpul — Pepe Reyna, Alvaro Arbeloa, Stiv Finnen, Daniel Agger, Jeymi Karrager, Yon Arne Riyse, Stiven Jerrard, Xabi Alonso, Muhammad Sissoko (Budeveyn Zenden, 84), Kreyg Bellami (Jermeyn Pennant, 80), Dirk Kuyt (Piter Krauch, 90+3). Bosh murabbiy: Rafael Benites.

Ogohlantirishlar: Agger (23), Kuyt (35), Beletti (38), Sissoko (61), Bellami (77), Zambrotta (90+4).

Javob o'yini — 0:1.   


Nodir Abdurasulov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика