Isak "Real Sosedad" bazasida shug'ullanmoqda
31 iyu 17:32
Yangiliklar
Isak "Real Sosedad" bazasida shug'ullanmoqda
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasida individual mashg'ulotlar o'tkazmoqda va bu uning tez orada "Liverpul"ga o'tishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.
Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi.
Isak allaqachon "Sosedad"da o'ynagan va klub infratuzilmasi bilan tanish.
Avvalroq shveciyalik forvard "Nyukasl" mashg'ulotlariga kelmagani va klub vakillari bilan muloqotni to'xtatgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ko'p o'tmay, "Liverpul" Isak bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani malum qilindi.
Isak 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42 o'yin o'tkazib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar