YCHL. "H" guruhi: "Yuventus"dan g'alaba, Fransiyadagi bahs esa "Sevilya" foydasiga ishladi

8 dek 2016, 03:18
Yevropa chempionlar ligasining oxirgi tur doirasida "Yuventus" o'z maydonida "Dinamo Zagreb"ni qabul qilgan bo'lsa, Fransiyada "Lion" hamda "Sevilya" jamoalari o'zaro kurash olib borishdi.


Turinda bo'lib o'tgan bellashuvda "Yuventus" guruh peshqadamligi uchun ochiq qolayotgan savollarga javob berdi. "Lion" esa o'z uyida "Sevilya"ni mag'lub etishni uddasidan chiqa olmadi va o'z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettiradigan bo'ldi. "Sevilya" esa ikkinchi o'rin bilan pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi.

YCHL, 6-tur.

"H" guruhi.

Lion Fransiya – Sevilya Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0)

Stad de Lion

Lion
– Antoni Lopesh, Yanga-Mbiva, Morel, Rafael, Diakabi, Darder (Korne, 72), Gonalon, Valbuena, Tolisso (Grene, 78), Gezzal (Fekir, 65), Lyakazett.

Sevilya
– Riko, Parexa, Merkado, Eskudero, Rami, Nasri (Kranevitter, 87), Nzonzi, Vitolo, Iborra, Sarabiya (Ben-Yedder, 65), Mariano.

Ogohlantirishlar
: Sarabiya (32), Nasri (36), Gonalon (38), Yanga-Mbiva (53), Merkado (73).


Yuventus Italiya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 2:0 (0:0, 2:0)

Yuventus Stedium

Gollar
: 1:0 – 52 Iguain, 2:0 – 73 Rugani.

Yuventus
– Neto, Benatiya, Rugani, Evra, Pyanich (Dibala, 80), Asamoa, Markizio (Sturaro, 74), Lemina, Kuadrado, Iguain, Mandjukich (Ernanes, 85).

Dinamo Zagreb
– Livakovich, Shildenfeld, Sigali, Pivarich, Goyak (Fiolich, 57), Knejevich, Chorich, Moro (Mecel, 86), Shitum, Fernandes, Sudani (Stoyanovich, 74).

Ogohlantirishlar
: Iguain (15), Evra (54), Chorich (61).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia