Draksler PSJdan ketmoqchi emas
28 mar 2020 08:25
Yangiliklar
Germaniyalik futbolchi PSJ bilan shartnomasini uzaytirish niyatida. 26 yoshli Draksler Parij klubida o'yin amaliyoti kamligiga qaramay u jamoada uzoqroq qolishni rejalashtirmoqda. Avvalroq futbolchining “Lion”ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Draksler joriy mavsum PSJ safida Liga 1 ning 11 ta o'yinida qatnashib, 5 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar