So’nggi yangiliklar

00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиш ва ҳис қилиши керак"  1 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  3 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  14 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  21 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  235 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  7 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5 20:23Саудия Арабистонининг икки клуби МЮ ҳимоячисига қизиқмоқда  1 19:46"Реал" собиқ ходими "Ньюкасл" бош директори бўлди  0 19:19Фарруҳ Сайфиев дисквалификация қилинди  16

“Dinamo” – “Lokomotiv”: Mezbonlar ketma-ket beshta mag'lubiyatni yo'qqa chiqara olishadimi? Yangiliklar

“Dinamo” – “Lokomotiv”: Mezbonlar ketma-ket beshta mag'lubiyatni yo'qqa chiqara olishadimi?

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan bahsni “Dinamo” o'z maydonida chempionat peshqadami “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi.
SHu paytgacha 9 ochko jamg'argan “Dinamo” 12-o'rinda, 24 ochko yiqqan “Loko” esa birinchi o'rinda bormoqda.

CHempionatni har holda yomon boshlamagan “Dinamo” nima uchuydir oxirgi paytlarda mag'lubiyatlar o'chog'idan chiqolmay qoldi. Ne ajabki, jamoa ketma-ket beshta uchrashuvda mag'lub bo'ldi: o'z maydonida “Paxtakor” va “Mashal”dan, safarda “Qizilqum”, “Olmaliq” va “Neftchi”dan engildi. Albatta, bu mag'lubiyatlar oqibatida Ravshan Haydarovning boshi ancha qotgani turgan gap. Ehtimol jamoada ruhiy tushkunlik yuzaga kelgan bo'lishiyam mumkin.

Umuman olganda, “Dinamo” uy uchrashuvlarida bir marta zafar quchdi: ikkinchi turda “Metallurg” ustidan. “Lokomotiv” esa hozircha chempionatdagi mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. Jamoa safarda “Paxtakor” bilan durang o'ynaganidan beri ketma-ket uch uchrashuvda g'alaba qozondi. Vadim Abramov shogirdlari hozirgi vaqtda o'z o'yinlarini topib olishgan desa bo'ladi. “Lokomotiv” safarda faqat “Bunyodkor” va “Paxtakor” bilan durang o'ynadi, qolgan raqiblarini esa mag'lubiyatga uchratdi.

Bundan ko'rinib turibdiki, bugun “Dinamo”ga oson bo'lmaydi. Albatta, “Dinamo” ketma-ket oltinchi mag'lubiyatni qabul qilib olmaslik uchun harakat qilishi turgan gap. “Lokomotiv” esa “Bunyodkor”ning kechagi durangidan so'ng amaldagi chempion bilan oradagi farqni uzaytirishga harakat qiladi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика