So’nggi yangiliklar

22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  0 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  1 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  6 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  3 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2

"Dinamo" 7 yildan so'ng "Bunyodkor"dan ochko oldi - Superliga 5-turidagi 4 ta o'yindan qiziqarli faktlar Yangiliklar

"Dinamo" 7 yildan so'ng "Bunyodkor"dan ochko oldi - Superliga 5-turidagi 4 ta o'yindan qiziqarli faktlar

Superliganing 5-turidan o'rin olgan 4 ta o'yindan so'ng jamoalar qisqa tanaffusga chiqishdi.

Endilikda ular etiborni kubok bahslariga qaratishadi. Garchi tur to'liq yakunlanmagan bo'lsada bo'lib o'tgan uchrashuvlardan qiziqarli faktlarni etiboringizga havola qilamiz. 


- "Andijon" 16 yildan so'ng Toshkentda "Lokomotiv"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. "Burgutlar" bu ishni oxirgi marotaba 2007 yilgi mavsumning yakunida amalga oshirgan. Doniyor Hamidullaevning yagona goli jamoaga 1:0 hisobidagi g'alabani keltirgan. 

- "Lokomotiv" 4 yildan buyon uyda "Andijon"dan ustun kela olmayapti. "Temiryo'lchilar" so'nggi bor 2020 yil Andrey Fyodorov davrida raqibi ustidan zafar quchgan. O'shanda "Andijon" ustozi Aleksandr Xomyakov bo'lgandi.

 

- "Dinamo" 7 yildan so'ng Toshkentda "Bunyodkor"dan ochko olib ketdi. Samarqandliklar 2017 yildan beri ilk marotaba bu ishni uddaladi. Bu yilda jamoa Oleg Tyulkin boshchiligida ortga 1:1 hisobi bilan qaytgan. 

- Ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari tarixida Superligada birinchi marotaba 0:0 hisobi qayd etildi.  

- "Bunyodkor" o'z tarixidagi eng yomon startni amalga oshirdi. "Qaldirg'ochlar" mavsumni ketma-ket 5 ta g'alabasiz seriya bilan boshladi. Bungacha eng yomon natija 2 ta o'yinni tashkil qilayotgandi. 


- "Qizilqum" ketma-ket ikkinchi yil Jizzaxda "So'g'diyona"ga gol ura olgani yo'q. Bu bahslarda bir xil hisob qayd etildi (1:0).

- "Surxon" mezbon maqomida besh yildan so'ng OKMKdan 3 ochko tortib oldi. Termizliklar 2019 yilda uyda olmaliqliklarni enggandi 1:0

- Asadbek Karimov OKMKga qarshi ketma-ket ikkinchi o'yinda sobiq jamoasiga gol urib "Surxon"ga 3 ochko keltirdi. 2023 yil 2 ta gol, 2024 yil 1 ta gol. 

- "Surxon" 5-turga kelib joriy mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика