So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  15 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Ravshan Ahmedov: "Natijani chetga surib qo'ygan holda yosh futbolchilarning harakatlarini olqishlayman" Yangiliklar

Ravshan Ahmedov: "Natijani chetga surib qo'ygan holda yosh futbolchilarning harakatlarini olqishlayman"

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv-BFK" (6:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatdagi aytadigan fikrim, natijani chetga surib qo'yib jamoamiz tarkibida harakat qilgan yosh futbolchilarning harakatlarini olqishlayman. Ular bugun kuchli jamoaga qarshi qo'rqmasdan dadil harakat qilishdi. Vaziyatlar yaratdik, hujumlar ham tashkil etdik. Muhimi, 17-18 yoshli futbolchilardan iborat yosh tarkibimiz o'zlariga bo'lgan ishonch bilan maydonda harakat qilishdi.

- "Lokomotiv-BFK" yosh tarkibi bilan chempionat uchrashuvlarida qanday vazifa bilan davom etadi?

- Albatta, tarkibimizda yosh futbolchilar bor. Aytib o'tganimdek, 17-18 yoshli yigitlar jamoamizda harakat qilishayapti. Biz ularni katta futbolga munosib tayyorlash va tajriba to'plashlari uchun imkoniyat berish maqsadida harakat qilayapmiz.

- Jamoangiz kubok uchrashuvlari davomida ko'rsatgan natijalardan qoniqdingizmi?

- Kubok davomida Superliga klublari bilan o'ynadik. Natijadan emas, ko'rsatgan o'yinlarimizdan qoniqdim. Katta tajriba to'pladik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика