Diego Simeone murabbiylar shtabiga Fernando Torresni taklif qilmoqchi
26 avg 2019 18:54
Yangiliklar


Diego Simeone murabbiylar shtabiga Fernando Torresni taklif qilmoqchi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid klubi sobiq hujumchisi Fernando Torresni murabbiylar shtabiga taklif qilishga tayyor.
"Fernando Torres - haqiqiy futbol afsonasi va juda aqlli yigit. Hozir u kelajakda nima qilishni o'ylab olish uchun dam olishi kerak.
O'ylaymanki, bu ko'p vaqtni olmaydi va biz yana "Atletiko"da birga ishlaymiz", - deydi Simeone.
Torres - Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni va ikki karra Evropa chempionligiga ega chiqqan. SHuningdek, klub bilan CHempionlar Ligasi va ikki karra Evropa Ligasi g'olibiga aylangan.
Futbolchi faoliyati davomida 706ta o'yinda maydonga tushib, 252ta gol va 73ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar