Diego Simeone murabbiylar shtabiga Fernando Torresni taklif qilmoqchi

Alisher
26 avg 2019, 18:54
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid klubi sobiq hujumchisi Fernando Torresni murabbiylar shtabiga taklif qilishga tayyor.

"Fernando Torres - haqiqiy futbol afsonasi va juda aqlli yigit. Hozir u kelajakda nima qilishni o'ylab olish uchun dam olishi kerak.

O'ylaymanki, bu ko'p vaqtni olmaydi va biz yana "Atletiko"da birga ishlaymiz", - deydi Simeone.

Torres - Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni va ikki karra Yevropa chempionligiga ega chiqqan. Shuningdek, klub bilan Chempionlar Ligasi va ikki karra Yevropa Ligasi g'olibiga aylangan.

Futbolchi faoliyati davomida 706ta o'yinda maydonga tushib, 252ta gol va 73ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca