Dibala: "Menda barchasi ajoyib! Sizda yaxshi bo'lsa bo'lgani"
13 mar 2020 21:57
Yangiliklar
Dibala: "Menda barchasi ajoyib! Sizda yaxshi bo'lsa bo'lgani"
"Yuventus" futbolchisi Paulo Dibala koronavirusga chalingani borasidagi xabarlarga izox berdi.
"Barchaga salom. Holatim yaxshi va barchasi ajoyib ekanligini tasdiqlamoqchiman. Ayni damda izolyaciyadaman. Diqqatingiz uchun rahmat, asosiysi, sizning sog'lig'ingiz yaxshi bo'lsa bo'lgani", - deb yozadi argentinalik o'z tvitterida.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ning barcha ishchi va futbolchilari ayni damda karantinga olingan.
Fikrlar