Desham: "Barchasi ham ideal bo'lmadi"
06 sen 2020 12:12
Yangiliklar


Desham: "Barchasi ham ideal bo'lmadi"
Franciya termasi bosh murabbiyi Dide Desham SHveciya termasiga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Stokgolmda o'tgan SHveciya - Franciya bahsida 41-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.
"Barchasi ham ideal bo'lmadi. Yangi tizim hozircha yaxshi ishlamoqda. Hujumda yanada ko'prog'iga erishishimiz mumkin edi. 4-4-2 sxemasiga qarshi o'ynadik, eng qiyini shundaki, raqiblar tarkibida qanot futbolchilari ko'p edi.
Bahona izlamayman. Pandemiyadan keyingi ilk o'yin edi, futbolchilarning barchasi ham yaxshi jismoniy holatda emasdi. Turnirni g'alaba bilan boshlab olganimiz yaxshi bo'ldi", - dedi Desham.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar