Deniel Jeyms: “Hali ham ishonolmayman”
07 may 2020 20:10
Yangiliklar


Deniel Jeyms: “Hali ham ishonolmayman”
MYUning qanot yarim himoyachisi Deniel Jeyms “Qizil iblislar” tarkibiga qanday kelganini esga oldi.
“Yunayted” qiziqayotganini qanday bildim? Qachonligini eslay olmayman, lekin mavsum oxiriga yaqinligini bilaman. Bu shunchaki suhbat edi, barchasi amalga oshishiga esa ishonmagandim. Hali ham bunga ishonolmayman.
Bu ajoyib vaqt edi – “Suonsi”da ekanligimdan zavq olardim, mavsumning oxirida yaxshi harakat qildik va pley-off o'rinlariga ilinishga urundik.
“Manchester Yunayted” qiziqyotganini eshitish esa men uchun g'alati edi, boisi, bu katta futboldagi birinchi yilim bo'lgandi”, deydi 22 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar