Dembele ertangi o'yin haqida: "PSJga qarshi o'yin revansh atmosferasida bo'ladi"
15 fev 2021 17:15
Yangiliklar


Dembele ertangi o'yin haqida: "PSJga qarshi o'yin revansh atmosferasida bo'ladi"
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi PSJga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizning 6:1 hisobidagi g'alabamiz tarixga kirib bo'ldi. Bo'lajak o'yin revansh atmosferasida bo'ladi. Qarama-qarshiligimizni yana ham "yondirayotgan" va unga qiziqish uyg'otayotgan OAVga minnatdorchilik bildirish kerak.
PSJ - kuchli raqib, o'tgan mavsumda ular CHempionlar Ligasi finalida o'ynashdi. Parijliklar turnir favoritlari qatorida", - deydi Dembele.
Ilk o'yin ertaga, "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar