De Laurentis: “Gamshik uchun eshigimiz doim ochiq”
14 fev 2019 19:57
Yangiliklar
De Laurentis: “Gamshik uchun eshigimiz doim ochiq”
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis slovakiyalik yarim himoyachi Marek Gamshikning Xitoyning “Dalyan Ifan” klubiga ko'chib o'tganligini elon qildi.
“Biz “Dalyan” bilan kelishuvga erishdik. Marekka Xitoyda omad tilab qolaman. “Napoli” eshiklari uning uchun doim ochiq” deya Tvitterdagi o'z sahifasida xabar qoldirdi Neapol klubi rahbari.
Gamshik 2007 yildan buyon hozirgi vaqtgacha “Napoli” safida to'p tepib keldi va jamoa sardori sifatida tarkibda eng ko'p to'p tepgan (520) va eng ko'p gol urgan (121) futbolchi sifatida tarixdan joy oldi. Ilgariroq 31 yoshli futbolchining transferidan “Napoli” 15 millioen evro ishlab olishi haqida xabarlar tarqatilgandi. Futbolchining o'zi uch yil mobaynida Xitoyda 25 million evro maosh oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar