De Bryuyne noyabr oyidayoq Gvardioladan Grilishni sotib olishni so'ragan edi
06 avg 2021 00:38
Yangiliklar
De Bryuyne noyabr oyidayoq Gvardioladan Grilishni sotib olishni so'ragan edi
Kevin De Bryuyne anchadan beri Grilish bilan bir jamoada o'ynamoqchi edi.
"Manchester Siti" yarimi himoyachisi Kevin De Bryuyne va bosh murabbiy Pep Gvardiola o'tgan yilning noyabr oyidayoq Jek Grilishning transferini muhokama qilishgan.
De Bryuyne 2020 yilning noyabr oyida o'tkazilgan Belgiya - Angliya(2:0) uchrashuvidan so'ng, Pepga Grilishni sotib olish haqida maslahat bergan. Futbolchi va murabbiy Grilishning o'yinini muhokama ham qilishgan.
Eslatib o'tamiz, bugun futbolchi "shaharliklar" bilan 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgani haqida rasman xabar qilindi.
Kelishuv summasi 100 million funt bo'lib, bu APL rekordi sanaladi.
Fikrlar