Gvardiola de Bryuyneni "Siti"dagi kelajagi haqida gapirdi
25 fev 22:08
Yangiliklar
Pep Gvardiola "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening kelajagi borasidagi savolga javob qaytardi. Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum oxirida Kevin de Bryuynening shartnomasi yakunlanadi.
"U juda muhim futbolchi. Shunday bo'lgan, bundan keyin ham shunday bo'lishiga umid qilaman. Kevinning kelajagi uning o'ziga va klubning qaroriga bog'liq", -deydi Pep Gvardiola.
Malumot uchun, ushbu mavsum futbolchi APLning 18 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. U maydonda o'rtacha hisobda 59 daqiqa o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar