Gvardiola nima uchun De Bryuyneni "Real" bilan o'yinda maydonga tushirmadi?
21 fev 2025 18:03
Yangiliklar
Gvardiola nima uchun De Bryuyneni "Real" bilan o'yinda maydonga tushirmadi?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne nima sababdan "Real"ga qarshi o'yinda qatnashmagani haqidagi savolga javob berdi.
19 fevral kuni Chempionlar Ligasi o'tish bosqichidan o'rin olgan "Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv "shaharliklar"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi va ular musobaqadan chiqib ketdi. 33 yoshli De Bryuyne butun o'yinni zaxira o'rindig'ida kuzatdi.
Gvardiola belgiyalik futbolchida hech qanday jarohat yo'qligini aytdi.
"Bu mening murabbiylik qarorim edi. U jarohat olmagan. Ha, albatta, u hali ham muhim o'yinlarda o'ynay oladi... u uydagi "Real" bilan o'yinda qatnashgandi. U albatta o'ynay oladi", – dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar