"Manchester Siti" "Nyukasl" himoyachisi bilan bitim tuzmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 14:45
"Manchester Siti" kelayotgan yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Aleks Krukning aytishicha, "shaharliklar"ning asosiy maqsadi - "Nyukasl"ning ingliz himoyachisi Tino Livramento. Klub rahbariyati 23 yoshli futbolchini uzoq muddatli istiqbolda o'ng qanot himoyachisi poziciyasi uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.

"Nyukasl" esa bu xavfdan yaxshi xabardor va o'z aktivini saqlab qolish uchun allaqachon qadam tashlamoqda. Taynsayd klubi Livramentoga yaxshilangan shartlar bilan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qildi. Biroq futbolchining o'zi hozircha "hakkalar" bilan kelajagini bog'lashga shoshilmayapti: Tino yangi kelishuvni imzolashdan hozircha tiyilib turibdi.

Livramento joriy mavsum barcha musobaqalarda jamoa uchun 19 o'yin o'tkazib, 1 ta golli pas uzatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports