Abramov vs Kapadze. Jadvalda kim yuqoriroqda bo'ladi?
19 fev 15:40
Yangiliklar
Abramov vs Kapadze. Jadvalda kim yuqoriroqda bo'ladi?
Bu yilgi O'zbekiston Superligasi ham istisno emas. Birinchi turdanoq bir nechta qiziqarli qarama-qarshiliklar muxlislar etiborini tortmoqda. Ular orasida Vadim Abramov va Timur Kapadze o'rtasidagi ustoz-shogird dueli alohida o'rin tutadi.
Ikki murabbiy ham o'z uslubi, xarakter va qarashlarida o'xshashliklar bor. Abramov ham, Kapadze ham pozicion va hujumkor, to'p bilan oldinga yuradigan futbolni afzal ko'radi. Shu bois bu to'qnashuv nafaqat jamoalar, balki g'oyalar raqobati sifatida ham qiziq kechishi kutilmoqda.
Murabbiylar: bir-biriga munosib ustozlar dueli
Timur Kapadze milliy terma jamoadagi faoliyatidan so'ng klub futboliga qaytishga qaror qildi va "Navbahor" jamoasini boshqaruvga oldi. Uning oldida "Paxtakor" va "Neftchi" kabi variantlar bo'lganiga qaramay, o'zi uchun to'g'ri deb bilgan "lochinlar"ni tanladi. Aslida klub bilan ishlash Timur Tohirovich uchun begona emas. Uning yo'li 2019 yilda "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasidan boshlanib, Qo'qonda davom etdi. Keyin yana "Lokomotiv" va "Olimpik" klublarida ishladi. Mutaxassis har bir jamoada oldiga qo'yilgan vazifani bajara olgan.
"Navbahor" esa yuqoridagi klublardan farq qiladi. Endi Kapadze avvalgi natijalari tasodif emasligini yana bir bor isbotlashi lozim. Namanganda bunday imkoniyat mavjud.
Abramovga ortiqcha tarif shart emas. U Dinamo Samarqandni "lift" maqomidagi jamoadan sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan darajaga olib chiqdi. Jamoa 25 yil avvalgi tarixiy natijasini takrorladi va hatto bronza medallarga davogarlik qildi. Uning jamoasi ishtirokidagi o'yinlar doim maroqli kechadi: "Dinamo" ham o'ynaydi, raqibga ham imkoniyat qoldiradi.
Bu ikki ustoz-shogird dueli Superliganing birinchi turiga alohida bezak berishi kutilmoqda. Yangi mavsumda yuqori raqobat sharoitida Kapadze va Abramov jamoalari qanday natijalarga erishishi qiziq.
Darvoza: “lochinlar” darvozasi ishonchli qo'lda, “Dinamo”da o'sish jarayoni
Qishki transferlarda eng faol klublardan biri “Navbahor” bo'ldi. Jarohatlar va boshqa sabablarga ko'ra "Fulad"da zaxirada qolgan O'tkir Yusupov o'z klubiga qaytdi. Aynan uning o'zi jamoa kuchini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Shuningdek, Valijon Rahimov va Shukron Yo'ldoshev ham raqobatni oshiradi.
Kapadze ishni darvoza chizig'ini mustahkamlashdan boshladi va bu qaror ikki tomon uchun ham foydali. Jahon chempionati oldidan Yusupov o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.
"Dinamo"da asosiy darvozabon sifatida Edem Nemanovga ishonch bildirilgan. U yil sayin o'z ustidan ishlamoqda. O'tgan mavsumda 12 o'yinda maydonga tushib, 6 ta quruq o'yin o'tkazdi. Ikkinchi posbon Ravshan Yagudin ham bor. Katta sahnada asosan Nemanovni ko'rishimiz ehtimol. Bu chiziqda ustunlik "Navbahor" tomonida.

Himoyada nima gaplar?
O'tgan yilgidan farqli ravishda bu mavsum samarqandliklar himoyasida kuchli raqobat muhiti shakllanmoqda. Abramov bu mavsum orqa chiziqda Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Muhammadu Dembele, Mauro Brazil va Salim Mustafoev xizmatidan foydalanadi. Markaziy himoyada asosiy yuk O'rozov zimmasiga tushishi kutilmoqda. U o'tgan yili sezilarli o'sishga erishdi. Abramovning kashfiyot qilish qobiliyatini hisobga olsak, Dembele va Brazil ham ijobiy yangilik bo'lishi mumkin yoki yo'q.
U odatda tayyor futbolchilarni emas, balki iqtidorli, ammo nomalum o'yinchilarni topib, rivojlantirishni afzal ko'radi. Masalan, Ratinoni ilgari deyarli hech kim tanimasdi. Bugun esa u chempion jamoa tarkibida. Joel Kojo haqida ham shunday deyish mumkin.
"Navbahor"da esa Islom Mamatkazin, Dilshod Komilov, Giorgi Jgerenaya, Umar Adhamzoda, Saidazamat Mirsaidov va Anri Chichinadze kabi tajribali va turli uslubdagi himoyachilar jamlangan. Nom va tajriba jihatidan "lochinlar" biroz ustun ko'rinadi.

Yarim himoya
Har bir klub o'z imkoniyatidan kelib chiqqan holda selekciya olib boradi. To'xtasinov bir necha yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytdi va "Dinamo" uning uchun yaxshi variant bo'ldi. Yangi nomlar ko'p, ammo ularning aksariyati Abramovga yaxshi tanish. Salou va Mavretichning imkoniyatlari hali to'liq ochilgani yo'q. Oybek O'rmonjonov ham qo'shilsa, bu chiziqda jipslik yuzaga kelishi mumkin. Hislat Halilov va Sanjar Qodirqulovning imkoniyatlari barchaga tanish.
"Navbahor"da esa terma jamoa darajasidagi o'yinchilar bor: Diyor Xolmatov, Benjamin Teydi, Quvondiq Ro'ziev, Abbos G'ulomov va Muhammadali G'iyosov. Hujumkor rolda Ruslan Jiyanov asosiy figura hisoblanadi. Shohmalik Komilov, Shoxruh Abdurahmonov ham bu ro'yxatga qo'shiladi.
"Dinamo"da istiqbolli va harakatchan yarim himoya, "Navbahor"da esa tajriba va sifat yuqoriroq.

Hujum: Abramovning forvadlari shay holatda, Kapadzeda biroz muammoli vaziyat
"Navbahor" uchun eng muammoli poziciya — sof hujumchi. Hozircha jamoada tayyor holatda faqat Zabihillo O'rinboev bor. Husayn Norchaev jarohatdan keyin hali to'liq tiklanmagan, shunday ekan startda yordam bera olmasligi aniq.
Aleks Fernandes va Katulondi Kati oxirgi marta o'tgan yil may oyida maydonga tushgan. Ularning o'yin amaliyoti uzoq vaqt uzilib qolgani sabab, tezda yuqori formaga qaytishi oson kechmasligi mumkin. Shu bois, ular o'zlarini oqlab keta oladimi-yo'qmi — hozircha katta so'roq ostida. Ilk turlarda bu muammo Kapadzeni jiddiy qiynashi ehtimoli yuqori.
"Dinamo"da esa Anvar Hojimirzaev yaxshi formada. Undan tashqari Ulug'bek Hoshimov, Mirjahon Mirahmadov, Firdavs Abdurahmonov, Azizbek Amonov va Jahongir Abdusalomovlar ham bir-birining o'rnini to'ldira oladi. Bu poziciyada ustunlik Abramov jamoasi tomonida.

Darvoza — "Navbahor"
Himoya — "Navbahor"
Yarim himoya — "Navbahor"
Hujum — "Dinamo"
Qog'ozdagi taqqoslash "Navbahor"ning bir nechta chiziqda ustunligini ko'rsatmoqda. Ammo futbol doim raqam va nomlardan ustun turadigan o'yin. Abramov jamoalari har doim tashkil etilgan, kurashuvchan va syurprizlarga boy bo'lgan. Kapadze esa yangi bosqichda o'zini yana bir bor isbotlash arafasida.
Mavsum davomida qaysi yo'l to'g'ri ekaniga amalda javob topiladi. Bir narsa aniq: bu ikki murabbiy jamoalari jadvalning yuqori qismi uchun kurashadi. Kim yuqoriroq bo'lishi esa nafaqat transfer va nomlarga, balki barqarorlik, ruhiy tayyorgarlik va murabbiy qarorlariga ham bog'liq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar
Шу йил факат марказий химоячи олдик 1та зур марказий хужумчи олсек яхши буларди менимча
1-Paxtakor
2-Neftchi (Agar Ismoilov tajribali futbolchilarni aniqrog'i yulduzlarni o'ynatishga qiynalsa sovrinli o'rinlardan ham quriq qolishi mumkin o'xshab qolsa chimpion saqlashi ham mumkin)
3- Nasaf (agar tarkib saqlanib qolsa 2 o'rinni ham olishi mumkin)
4 Dinamo
5 Navbahor
Yana xafa bo'lish yo'q
faqat futbol yoki futbolchi tarkub emas yil davomida futbolchilarni maoshlari ham vaqtda berilmasa natijaga jiddiy tasir qilishi mumkin hammasi stabilni ketsa bu boshqa gap
Динамо факат Чемпионлик учун курашади.
Абрамов ва Динамо Футболчиларига Омад ёр булсин Дуодамиз ИншаАллох.
Нуробод тумани Тим Кишлоги Ашадий Футбол Мухлислари сизлар билан.