De Bryuyne: "YCHLni yutishimiz uchun eng yaxshi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
9 fev 2020, 12:15
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne YCHLning 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi o'yinlardan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oson raqib tushishining ilojisi yo'q edi. Agarda turnirning bosh sovrinini yutishni istasak, eng yaxshi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak. Biz Yevropadagi barcha turnirlarda yutishni istaymiz. Faoliyatim davomida hozircha ushbu sovrinlarni qo'lga kiritmaganman. Shu boisdan menda ishtiyoq anchagina yuqori", - dedi de Bryuyne.

"Manchester Siti" va "Real" jamoalari ishtirokidagi ilk o'yin 26 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal