So’nggi yangiliklar

22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  11 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  4 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1 17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  2 17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  1 16:44Big name, Big team, Big coach...  30 16:19"Футбол олами". "Ҳакам юзи ёрилган футболчини кўрди ва... контакт йўқ деди..."  3

Davronjon Ergashev: Oilaviy duodamiz Yangiliklar

Davronjon Ergashev: Oilaviy duodamiz

Bunyodkorning tojikistonlik legioneri Davronjon Ergashev karantin sababli ayni kunlarda o'z uyida bo'lib turibdi.

- O'zbekistonda karantin elon qilinganidan keyin yurtimga, Tojikistonga kelganman. Hozirda Xo'jand shahrida oila azolarim bilan birgaman. Aytishim kerak, kutilmagan tatil sababli formani yo'qotib qo'ymaslik maqsadida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapman. Ertalab fitness zalida shug'ullanayotgan bo'lsam, tushdan keyin sobiq jamoadoshlarim bilan birga mashg'ulotlarda qatnashyapman. Garchi tatilda bo'lsa-da, jim o'tirganim yo'q.

Albatta murabbiylar bilan aloqada bo'lib turibman. Aynan ularning ko'rsatmalari asosida mashg'ulot o'tkazyapman.

Yaratganga shukr, Tojikistonda vaziyat yaxshi. Hayot doimgidek davom etmoqda. Hukumat tomonidan koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralari ko'rilgan. Biz qardosh xalqlarmiz. SHuning uchun doim O'zbekistonda ham vaziyat tezroq yaxshi tomonga o'nglanishi tarafdorimiz. Buning uchun duodamiz. Xususan, har kuni ota-onam bilan O'zbekistondagi hayot odatdagi tarzga qaytishi uchun duo qilyapmiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi.

Tojikistonda milliy chempionat o'yinlari boshlandi. Albatta o'yinlarni kuzatib boryapman, faqat oynai jahon orqali. Boisi, uchrashuvlar hozircha muxlislarsiz o'tkazilmoqda. Klublarda bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'ynayotganidan ham xabarim bor. Xususan, o'tgan mavsum «Bunyodkor»da to'p surgan Sanjar Rixsiboev hozir «Xo'jand» sharafini himoya qilmoqda. Aytishim kerak, jamoa ishqibozlari Sanjar haqida iliq fikrlarni bildirmoqda. Zero, u bunga munosib, chunki Sanjar qisqa vaqt ichida o'zini ko'rsata oldi va haqli ravishda muxlislar mehrini qozondi. Xudo xohlasa Rixsiboev chiroyli o'yinlari bilan yana ishqibozlarni xursand qiladi, degan umiddaman.

«Bunyodkor»da etiborimni tortgan asosiy jihat shu bo'ldiki, jamoada barcha, murabbiylar, futbolchilar va boshqalar, hamma bir-birini qattiq hurmat qilar ekan. Jamoa bir oila bo'lishi kerak deyishadiku, «Bunyodkor» rostdan bir oila. Rosti, tezroq karantin tugasa-yu, jamoa qaytsam, deyman, - deydi Ergashev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика