Davron Hoshimov: "Mavsum endi boshlandi, yakuniy xulosani chiqarishga hali erta"
17 mar 2019 07:50
Yangiliklar


Davron Hoshimov: "Mavsum endi boshlandi, yakuniy xulosani chiqarishga hali erta"
"Lokomotiv" futbolchisi Davron Hoshimov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng (1:3) mikst zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuvga qattiq tayyorgarlik ko'rgandik. "Paxtakor"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik. Bu futbol. CHempionat endigina boshlandi. Hali yakuniy xulosani chiqarishga erta deb hisoblayman. Mavsum hali oldinda. Nasib qilsa, o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz deb o'ylayman.
Penalti? O'sha vaziyatda Jalolga umuman tegmagandim. Uni o'zidan so'raganimda kulib qo'ydi. Men penalti yo'q edi deb o'yladim", - dedi Davron Hoshimov.
Nig'monxo'ja Nozimov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar