So’nggi yangiliklar

07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  0 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  9 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0

Davron Fayziev: "So'g'diyona"ning yangi mavsum uchun tarkibi 60 foizga aniq" Yangiliklar

Davron Fayziev: "So'g'diyona"ning yangi mavsum uchun tarkibi 60 foizga aniq"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Davron Fayziev "Buxoro"ga qarshi o'tgan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi yig'indagi oxirgi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Birinchi bo'limdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi bo'limda asosan yoshlar maydonga tushishdi. Elyor Orifov, Izzatilla Abdullaev va Sunnatilla Mamadaliev kabi futbolchilar "Buxoro" bilan bahsda ishtirok eta olishmadi. Ular tibbiy ko'rikdan qaytadan o'tishlari kerak.

Yoshlar bahs oxirida biroz tajribasizlik qilishdi va gol o'tkazib yubordik.

Uchinchi yig'inimiz Toshkentda 24 fevral kuni boshlanadi. 8 martgacha shu erda bo'lamiz. Sababi oliy liganing dastlabki 2ta o'yinimizni ham Toshkentda O'zbekiston chempioni va vice-chempioniga qarshi o'ynaymiz.

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" OCHL doirasida o'yin o'tkazishadi. Ularning o'yinlarini kuzatamiz va tahlil qilamiz. Xalqaro musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan ikkala jamoamizni ham qo'llab quvvatlaymiz. Ularda bizga nisbatan o'yin amaliyoti ko'proq bo'lishi turgan gap. Biz ham qarab turmaymiz va munosib tayyorgarlik ko'rishga urinamiz.

"Mashal" bilan o'yin bekor qilindi. Sababi biz ular bilan tabiiy maydonda o'ynamoqchi edik. Ob-havo noqulay kelgani uchun bahsni bekor qilishga majbur bo'ldik. Uchinchi yig'inda birinchi liganing "Cementchi" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz aniq.

Tarkibimiz 60 foizga aniq bo'ldi deyishim mumkin. Bugun birinchi bo'limda tushganlar jamoada qolishlari aniq, ikkinchi taymda o'ynaganlarning taqdiri esa hozircha nomalum. Ularning uchinchi yig'indagi harakatlariga qarab shartnoma taklif qilamiz yoki xayrlashamiz, - deydi Davron Fayziev. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика