Qirg'iz Respublikasi termasi sobiq bosh murabbiyi "Alga"ni boshqaradi
10 iyu 2025 23:25
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasi termasi sobiq bosh murabbiyi "Alga"ni boshqaradi
Qirg'iz Respublikasining "Alga" jamoasi yaqin kunlarda yangi bosh murabbiyini elon qiladi.
Unga ko'ra, mamlakat termasining sobiq bosh murabbiyi rossiyalik Maksim Lisicin ushbu jamoa boshqaruvini qo'liga oladi.
Ayni paytga kelib Qirg'iz Respublikasi chempionatida ham birinchi davra yakunlangan. 13 turdan keyin "Alga" jamoasi 4 g'alaba, 1 durang va 8 mag'lubiyat qayd etgan holda 13 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi.
Qirg'iz Premer-ligasidan faqatgina bir jamoa quyiga tushib ketadi.
Malumot uchun, Lisicin 2023-2025 yillarda Qirg'iz Respublikasi termasini boshqardi. Uning qo'l ostida jamoa 14 o'yinda 3 g'alaba, 2 durang va 9 mag'lubiyat qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar