So’nggi yangiliklar

03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  0 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0 02:54Англия лига кубоги. "Ман Сити", "Арсенал", "Ньюкасл" ва "Челси" кейинги босқичда, "Ливерпуль" эса ўз уйида йирик мағлубият қабул қилиб олди  6 02:40Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лорьян"ни мағлуб этолмади  0 23:58Отабек Боймуродов: "Гол ҳақида гапирсам муаммоларга дуч келаман. Улар провокация қилди"  9 23:07Камолиддин Тожиев: "Ҳозир энг бахтли инсонман"  47 22:53"Алё, реф!" финалдаги баҳсли эпизодларни таҳлил қилди   41 22:44Александр Хомяков: "Футболда ҳар доим ютавермайсиз. Менимча, офсайд йўқ эди, лекин мен эксперт эмасман"  26 21:50Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди  91 21:20"Лион" Эндрикни январда ижарага олмоқчи. "Реал" форварди бу вариантни идеал деб ҳисобламоқда  3 20:43"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  670 18:02Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди  29 17:33Ўзбекистон Кубоги финали. Таркиблар маълум  30 16:50Футболда тайм-аут олиб бўлмайди? Уддабурон инглизлар муаммонинг ўзига хос ечимини топишди  2 16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  11

Diyor Imomxo'jaev "Soccer club" va "Futbol sharhi" ko'rsatuvlarining yopilish tarixi haqida gapirib berdi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev "Soccer club" va "Futbol sharhi" ko'rsatuvlarining yopilish tarixi haqida gapirib berdi

"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo'jaev mehmon bo'ldi.

Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev mehmondan o'zbek futbolida alohida o'rin tutgan ko'rsatuvlar – "Soccer club" va "Futbol sharhi" davri haqida so'radi.

"Odamlarni mehmon qilib chaqirish qiyin bo'lgan. Bitta tendenciya borki, siz bir-ikki sonini qiynalib amalga oshirib olsangiz, keyin odamlarning o'zi sizga aloqaga chiqa boshlaydi. Niqobli shaxs efirga chiqqan paytlar ham bo'lgan, bu o'sha odamning tashabbusi bo'lmagan, balki MTRK u odam efirga chiqishiga ruxsat bermagan. Shuning uchun ko'rsatuv taqdirini o'ylagan holda yuzni berkitish va ovozni o'zgartirishga majbur bo'lganman. 

"Birinchi liga sharhi" degan ko'rsatuv qilardim. Ko'pchilikka qiziq bo'lmagan, ammo haqiqiy mavzular o'sha erda edi. Hozirda boksda faoliyat yuritayotgan Mirshohid aka bor. Alisher aka ikkisi "Istiqlol"da o'ynashardi. O'shanda bilganman, gapirmoqchi bo'lgan odamlar bor. Kelishilgan o'yinlar, totalizator va hakamlar haqida konkret aytishgan. Keyin g'oya kelgan va uni amalga oshirganmiz. Bunda odamlardan gapini sug'irib olish qiyin bo'lgan deb o'ylamayman. Eng qiyini, o'sha ko'rsatuvni efirga olib chiqib olish edi. 

"Sport TV" rahbari, rahmatli Alisher aka degan kishi bo'lardi. Juda zo'r, demokratik odam edi. "Soccer club"ning so'nggi soni chiqishida katta jasorat ko'rsatishi kerak bo'lgan. U kishi ham biz bilan qo'shilib ishdan ketgan. O'sha insonga rahmat aytaman. Joylari jannatdan bo'lsin.

MTRKda "Bu ko'rsatuv qanday qilib efirga chiqdi?", degan savollar ko'p bo'lgan. Ko'pchilik insonlar bunga ishonmagan, bizda ham shunday dasturlar bo'ladimi, deb xursand bo'lishgan. Biroq bu "Futbol sharhi"ni ham o'zi bilan tortib ketdi.

Men bir narsadan xursand bo'laman. Ketishimdan bir kun oldin katta majlis bo'lgan. "Sport" telekanaliga o'sha davrdagi senatorni rahbar qilib olib kelishgan. U odam juda dahshat gaplarni gapirgan. Xuddi "Sport" telekanali ayb ish qilgandek, hammaga tanbeh bergan. Men jarayonga aralashib: "Nega bunday gapiryapsizlar?", deganman. "Efir soatlarida sifat yo'q", deb javob berilgan. 

Men: "Sifat yo'qligi sababi sizlardan-ku! Moddiy texnik-baza qani?", deb takidlaganman. O'sha paytda ikki kishi efirda sharhlamoqchi bo'lsa, ikkinchisiga stul bo'lmasdi. Mikrofon mayli, stul bo'lmagan paytlar edi. "Avval sharoit qilib beringlar, keyin vazifani talab qilinglar", deganman. 

"Bunaqa qilamiz, unaqa qilib tashlaymiz", degandan keyin oxirgi gapimni gapirganman: "Siz aytgan gaplaringizdan bittasini qila olsangiz, men sizdan kechirim so'rayman. Bu struktura va tizimda qilolmaysiz".

Oradan vaqt o'tib hech nima qila olmagan va o'zi ham ko'p ishlamadi. Mana, hozir eshitayotgan yoki ko'rayotgan bo'lsa, o'zi biladi", – dedi Diyor Imomxo'jaev.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика