So’nggi yangiliklar

12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  5 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  17 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7

Davron Fayziev: “Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman”

O'zbekiston kubogi 1/8 final javob uchrashuvida “So'g'diyona” “Buxoro”ni qabul qildi va mag'lubiyatga uchradi (0:3).
Birinchi o'yinda 1:1 natija qayd etilgandi. Ushbu bahsdan so'ng  “So'g'diyona”  bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumaniga qatnashdi.

- Qisqa qilib aytganda yaxshiyamki bugun chempionat doirasidagi o'yin emas. Yigitlarda bugun ruhiy tushkunlik va raqib jamoaga ozroq behurmatsizlik sezildi.Bir hafta oldin Buxoroda bo'lgan o'yin bilan bugungi o'yinda er bilan osmondek farq bor. G'alaba qozonilganda futbolchilar g'alaba qozonadi,mag'lubiyatda murabbiy mag'lubiyatga uchraydi. O'yindagi barcha kamchilik va barchasi uchun aybni o'z bo'ynimga olaman. Demak murabbiy etarlicha jamoani bahsga tayyorlay olmagan. Bundan fojea yasash kerak emas “Buxoro” jamoasi bugungi o'yinda bizdan ustunligini ko'rsatdi. Oldimizda chempionat doirasida uch ta muhim uchrashuv kutmoqda. Biz ushbu o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz va ochkolar jamg'arib o'z oldimizga qo'ygan maqsadga etamiz deb o'ylayman.

O'yinda kamsiliklarimiz  talaygina. Darvozabonimiz bugun shamollagani uchun o'ynolmadi. Biz bugun Sarvar Karimovni qo'yishga majbur bo'ldik. Poziciyalarda ham muammolarmiz bor. Darvozada,hujumda. Ximoyada esa bizga ximoyachi kerak bu haqida esa birinchi davrani yakunlab o'ylab chiqamiz.

"So'g'diyona" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика